Pedagogning maqomi to’g’risida qonunning to’liq matni

“Pedagogning maqomi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining to’liq matni shu yerdan yuklab oling.

Yuklab olish : Pedagogning maqomi to’g’risida

“Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Qonunga koʻra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish;

➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli boʻlmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablagʻ ushlab qolish.

Tavsiya etamiz : pedkadr.uzedu.uz saytidan ro’yxatdan o’tish