Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʼlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʼgʼrisidagi nizomning 4-bandiga asosan umumtaʼlim muassasalari oʼqituvchilariga qoʼshimcha haq toʼlovlari mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida amalga oshiriladi.
Demak, sinfdagi oʼquvchilar soniga koʼra sinf rahbarligi uchun toʼlovlar quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
- 15 nafar oʼquvchigacha — Mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 26.4 foizi, yaʼni 242 880 soʼm miqdorida toʼlanadi;
- 16 nafardan 20 nafar oʼquvchigacha — Mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 31.6 foizi, yaʼni 290 720 soʼm miqdorida toʼlanadi;
- 21 nafardan 25 nafar oʼquvchigacha — Mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 36.9 foizi, yaʼni 339 480 soʼm miqdorida toʼlanadi;
- 26 nafardan 30 nafar oʼquvchigacha — Mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 42.1 foizi, yaʼni 387 320 soʼm miqdorida toʼlanadi.
- 31 nafar va undan koʼp oʼquvchi boʼlganda — Mehnatga haq toʼlash eng kam miqdorining 52.8 foizi, yaʼni 485 760 soʼm miqdorda toʼlanadi.
Maktab o’qituvchilarining oyliklari
Аsos: Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʼlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʼgʼrisidagi nizomning 4-bandi.