Ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan 2024-2025-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy ta’rif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilayotgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati e’lon qilindi. Demak, ro‘yxat bilan tanishamiz.

Fan olimpiadalari:

  1. Asosiy fan olimpiadasi;
  2. Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO);
  3. Xalqaro Fizika olimpiadasi (IPhO);
  4. Xalqaro Kimyo olimpiadasi (IChO);
  5. Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO);
  6. Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI);
  7. Xalqaro Jautikov Olimpiadasi (Izho);
  8. Kavkaz matematika olimpiadasi (CMO);
  9. Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (kimyo fani);
  10. Osiyo fizika olimpiadasi (APhO);
  11. Osiyo – tinch okeani informatika olimpiadasi (APIO);
  12. Xalqaro geografiya olimpiadasi (IGeo);
  13. Xalqaro matematika musobaqasi (IMC);
  14. Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO);
  15. Xalqaro nemis tili olimpiadasi (IDO);
  16. Xalqaro astronomiya olimpiadasi (IAO);
  17. Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO);
  18. Al-Xorazmiy nomidagi olimpiada;
  19. Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika olimpiadasi;
  20. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi;
  21. Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi;
  22. Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi.

Tavsiya etamiz : O’qituvchilar uchun

Ko‘rik tanlov va musobaqalar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi;
  2. Respublika miqyosida oʻtkaziladigan insholar tanlovi;
  3. “Yil sardori” ko‘rik-tanlovi;
  4. “Eng na’munali maktab sardorlari kengashi” koʻrik tanlovi;
  5. “Eng na’munali mahalliy sardorlari kengashi” koʻrik tanlovi;
  6. “Eng na’munali hududiy sardorlari kengashi” koʻrik tanlovi;
  7. “Kamalak yulduzlari” koʻrik tanlovi;
  8. “Kamalak bilimdonlari” koʻrik tanlovi;
  9. “Bolalar va yoshlar teatr” jamoalari tonlovi;
  10. “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a‘zolari o‘rtasida “Kibersport” musobaqasini o‘tkazish;
  11. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Dzyudo” bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi musobaqasi;
  12. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Gimnastika” sport turlari bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi musobaqalari;
  13. O‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellekutual o‘yini;
  14. “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali;
  15. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar va qonun” tanlovi;
  16. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi;
  17. 10-14 yosh o‘quvchilar o‘rtasida “Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi;
  18. “Balli qizlar” ko‘rik tanlovi;
  19. O‘quvchilar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” turniri;
  20. “Yil hikoyasi” ko‘rik-tanlovi;
  21. “Kitobxon maktab” ko‘rik-tanlovi;
  22. “Kitobxonlik festivali” tanlovi;
  23. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari;
  24. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Maktab ligasi” musobaqalari;
  25. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida respublika birinchiligi;
  26. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligi;
  27. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Kurash milliy g‘ururimiz” shiori ostida sportning kurash turi bo‘yicha respublika birinchiligi;
  28. “Yosh qutqaruvchi” harbiy sport musobaqasi;
  29. “Yosh gvardiyachi” harbiy sport musobaqasi;
  30. “Yosh chegarachi” harbiy sport musobaqasi;
  31. “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasi;
  32. “Yashil chiroq” ko‘rik-tanlovi;
  33. “Yosh bojxonachi” ko‘rik-tanlovi;
  34. Huquqiy-ma’rifiy bilimdon ijodiy ko‘rik-ta’nlovi;

-“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi;

— “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘riktanlovi;

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan“Umid nihollari” sport musobaqalari;
  2. “Zulfiya” davlat mukofoti;
  3. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari;
  4. “Bolalar ligasi” sport musobaqasi;
  5. “Inson huquqlari” tanlovi;
  6. “Qizlarjon” sammiti;
  7. “ECO-Schools” loyihasi;
  8. “Turon maktab” teatr ttanlovi;
  9. “Jadidlar izidan” respublika tanlovi;
  10. Musiqa, tasviriy san’at, chizmachilik va hunarmandchilik boʻyicha Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlarining Vazirlik bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan koʻrik tanlovlari (vazirlik bilan kelishilmagan holda oʻtkazilgan koʻrik tanlovlar inobatga olinmaydi).

Tavsiya etamiz : O’qituvchilar uchun

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi. Bunda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori buyrugʻi bilan maktab miqyosida oʻtkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar hisobga olinadi.

Yuqorida keltirilgan fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar boʻyicha boholash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasidagi Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida koʻrsatilgan tartib boʻyicha baholanadi.