Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov professional taʼlim tizimidagi islohotlar natijadorligini oshirish hamda taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga puxta tayyorlash borasida birinchi navbatda amalga oshirish lozim boʻlgan vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Unda 2023/2024-oʻquv yili professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilar qabulini yuqori saviyada va shaffof holda tashkil etish hamda professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar muhokama qilindi.