14 yanvar – vatan himoyachilari kuni

Sherlar to’plami va senariylar 14-yanvar: o’tish

Kirish

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni. Vatan insonning kindik qoni to’kilgan tuproq uni kamol toptiradigan,hayotiga ma’no mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan tuyg’usi bilan yo’g’rilgan insonning g’urur – iftixori yuksak, maqsad-muddaolari aniq bo’ladi.

Vatan ravnaqi ,yurt tinchligi bebaho ne’mat ,ulug’ saodatdir.Insoniyat o’z taraqqiyotining barcha bosqichlarida , avvalo , tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. O’zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi , uni buyuk maqsadlari ro’yobga chiqishining kafolati deb biladi.Shu sababli Vatan ozodligi va mustaqilligini ko’z qorachig’iday asrash lozim bo’ladi.

Prezidentimizning yoshlarni mard va fidoyi bo’lishga da’vat etib, quyidagi aytgan so’zlarini eslaymiz: “Ey ulug’ O’zbekistonning navqiron avlodi! Sizning bu hayotda orzu-intilishingiz, ko’zlagan maqsadingiz , qiladigan ishlaringiz ko’p. Lekin hech qachon unutmangki, sizning eng buyuk, eng muqaddas vazifangiz – yurtimiz istiqlolini, xalqimiz erku ozodligini ko’z qorachig’iday asrash, uning xavfsizligini himoyalashdir.”

Vatan himoyasi hamma zamonlarda ham eng sharafli va olijanob ish, ona diyoriga bo’lgan mehr-muhabbatni amalda namoyon etishning oily namunasi bo’lib kelgan. Yurt himoyasi yo’lida qahramonlik ko’rsatgan buyuk bobolarimizning jasorati bizlar uchun ibrat bo’lib xizmat qiladi, Vatanimizga bo’lgan mehrimizni yanada oshiradi.

Vatan ostonadan boshlanadi

Har bir insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, oddiy  tosh  ham muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qaerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar. Hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O‘z yurtida  obro‘-e’tibori bo‘lmagan inson o‘zga yurtda ham qadrlanmaydi.

Har bir insonning Vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi.   Vatanga muhabbat har bir insonning o‘z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog‘liq. Vatanga muhabbati bo‘lmagan insonni ota-onasiga mehri bor desalar, bunga ishonib bo‘lmaydi.    

Vatan yagona ekanligi, uni pok saqlash, boyliklarini asrab-avaylash, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan bahramandlik, o‘ziga  ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas’ullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi. 1993 yil 29 dekabrdan  boshlab “14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni”    mamlakatimizda   bayram sifatida nishonlanadi.   

Ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini  o‘tkazishning mazmun-mohiyati  shundan iboratki, o‘quvchilarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z Vataniga sodiq va fidoyi insonlar etib tarbiyalash  barcha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoasining eng dolzarb vazifalaridan biriga aylanishi  lozim. 

Bugungi kunda  o‘quvchi yoshlarda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy  hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, bu ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomil-lashtirishni taqozo etmoqda.  