Buddаviylik

Kirish

Buddаviylik – uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanadi.

Eramizdan avvalgi VI – V asrlarda. Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e`tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri- Lanka, Hindiston, Nepal. Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya. Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit`alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar.

Hozirgi kunda dunyoda buddаviylikka e`tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga e`tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddаviylar soni 400 mln.ga yaqin bo’lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.

Buddаviylik asoschisining shaxsi

Uning asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko’plab buddаviylik bilan shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddаviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar.