Dunyoviy Davlatning dinga munosabati

Reja

1. Din  va davlat  munosabati. Dunyoviy Davlat

2. O’zbеkistonda  dinga  bo’lgan  munosabat.

So’z boshi

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda har doim muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Binobarin, uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi.

Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu bois bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhim.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumijahon Deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega.

Bu huquq o’z dini yoki e’tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e’tiqodiga o’zicha, shuningdek, boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi. Dunyoviy Davlat 

ADABIYOTLAR

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., 2003. – 48 bet. 
  2. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (yangi tahriri) / O’zbekistonning yangi qonunlari. 19-son. T., Adolat, 1998, 224-234-betlar, Xalq so’zi, 1998, 15-may, 2-bet. 
  3. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T.: O’zbekiston, 1992. 
  4. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997. 
  5. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T., 1999. 
  6. Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li / O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: «O’zbekiston», 1998. 
  7. E’tiqod erkinligi qonuniy asosda bo’lsin / O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oliy majlis XI sessiyasida so’zlagan nutqi. Xalq so’zi, 1998, 5-may. 
  8. Readon B. Bag’rikenglik: tinchlik sari olg’a qadam. T., 2002.