Ekologik muammolar

Ekologik muammolar. Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta’sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o’zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta’kidlab o’tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto’g’ri foydalanishi natijasida XX asrning o’rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi.