O’zbekiston hududi geologik shakllanish ta’rifi.

O’zbekiston hududi geologik shakllanish ta’rifi. O’zbekiston yer yuzasining hozirgi ko’rinishi uzoq davom etgan geologik davrlar mobaynida Yerning ichki va tashqi kuchlarining birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan.Geologik qobiqning hozirgi holatini ,uning ayrim qatlamlarining kelib chiqishini tushunib olish va izohlash berish uchun yerning geologik tarixini bilishimiz kerak. Yerning po’sti hosil bo’lishi va o’zgarib ,hozirgi holatga kelgunch ketgan vaqt geologik vaqt deyiladi.Geologik vaqt davomida yer po’stida sodir bo’lib turadigan harakatlar natijasida turli xil yoriqlar va siniqlar hosil bo’lgan .