25-may so’nggi qo’ng’iroq eng yaxshi sherlar va tabrik tilaklar to’plami

25-may so’nggi qo’ng’riroq eng yaxshi sherlar va tabrik tilaklar to’plami. Xayr maktabim haqida sherlar kollejsiyasi.

So'nggi qo'ng'iroq

So’nggi qo’ng’iroq

Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq

Bugun so’nggi qo’ng’iroq ekan

Bugun maktab ostonasin hatlab so’nggi bor
O’n bir yillik bolalikka yasaysiz yakun.
Endi xayot darsxonangiz bo’lar, maktabda
Chalinadi eng oxirgi qo’ng’iroq bu kun.
Bilmam, balki joningizga tekkan bu jarang,
Balki bezor bo’lgandirsiz darslardan xatto.
Balki ustoz asabingiz qilgandir tarang,
Lekin o’tgan maktab davrin unutmang aslo!
Axir oson bo’lmagandir 11 yil kutmoq,
Bekor sarf bo’lmagandir 11 yil umr.
Oson bo’lmas ustozlarning etagin tutmoq,
Barchasining o’z gashti bor, qilingiz sabr.
Balki sizga unut bo’lgan, eslarsiz balki,
Shu dargoxga qadam qo’ygan jajji qizaloq,
Yo bolakay edingizlar, quvonchga to’lib
Kutgandinglar chalinishin ilk qo’ng’iroq.
Alifboni tanimagan sofdil qizaloq
Katta bo’lib onasiga berar maslaxat.
Darsdan qochib bezor qilgan bir shalpangquloq
Bugun endi o’zimizga qilar nasixat.
11 yilda 11 mingta quvonchu-tashvish:
Sarguzashtlar xotiradan ketmaydi albat.
Sinfdoshlik bog’i ichra ochildi do’stlik,
Kimlargadir nasib bo’ldi sof bir muxabbat.
Endi ustoz tekshirmaydi xayot darsini,
Vazifani ko’chirmoqqa bo’lmaydi imkon.
Kundalikka qo’yilmaydi «2» baxolar,
Biling endi, xatolarni kechirmas zamon.
Sinfdoshlar, bo’lolmaysiz endi partadosh,
Endi sirdosh bo’lolmassiz, unutmang biroq:
Do’stlaringiz bir umrga bo’lar yelkadosh,
Do’stlik uchun chalinmaydi so’nggi qung’iroq.

25-may Sinfdoshlar

Ba’zinxor Ko’rmayin, Kuzlaringda yosh.
Sen uchun porlasin, Ko’klarda quyosh.
Ayriliq ko’nglimda buldi og’ir tosh.
Baxtli bul bir umr aziz Sinfdosh…
Endi senga Utgan kunlar xayoldir,
U kunlar xotira bizga Yodgordir.
Qaydasan Sinfdosh dilga savoldir.
Baxtli bul Bir umr Aziz Sinfdosh.
Umid deb atalmish guling sunmasin.
Yurakda orzuying, bevaqt o’lmasin.
Shu qaro kuzlaring, Xech nam bulmasin.
Omon bul bir umr aziz SINFDOSH

Kechir sinfdosh

Ochig’ini aytishga qiynalar yurak.
Tög’risini bir bora aytmoq kerak.
Böldi bas qolmadi yurakda bardosh.
Men seni sevolmayman kechir sinfdosh.
Axir men sevaman özga qizni
Xoxlayman u bn birga bölishni.
Böldi gapirma bölmagin bag’ritosh.
Men seni sevmayman kechir sinfdosh.

Xayr maktabim sherlari

Hayot yöli tekismas
Sarg’aygan yaproq kökarmas
Daryodagi suvni töhtatib bölmas
Hech qachon bevafo vafoli bölmas
Parchalangan yurakni yangilab bölmas
Dardinga döstingdan boshqa dartkash bölolmas
Dunyodan köz yumgan odamni tiriltirib bölmas
Oliy hakam vaqtni ham töhtatib bölmas
Yoshligim ham ortga qaytmas
Sevgan yorimdek hech kim bölolmas
Örnini ham hech kim bosolmas
Bu dunyoda sevmagan odam bölmas
Hech kim mendek sevishga qodir emas
Döstimni ham örnini hech kim bosolmas
Yomg’ir qancha yog’sa ham men uchun hechnarsa bölmas
Hech qachon lochin va sichqon birga yasholmas
Qalb sevganda aldovni bilmas
Yurakni ezilmagan kuni bölmas
Soat ham orqaga aylana olmas
Döst uchun hech narsa yov böla olmas
Meni sevgim endi umuman bölmas
Chunki parchalangan yuragim tiklanib bölmas
Közyoshlar endi hech narsa bölmas
Bu közyoshlar yomg’ir emas
Buning bariga hech narsa sabab bölolmas
Allohning vasliga hech narsa teng emas
Meni hayotim afsuski bunday bölmas
Bu sherlarimni hali hammasi emas!

So’nggi Qo’ng’iroq 2023

So’ngi qo’ng’roq.
Yuragimda bu kun cheksiz ehtirom,
Yuragimdan chiqar dil izxorlarim.
Opalarim akalarim ketishar bu kun,
Chunki chalinmoqda so’ngi qo’ng’iroq.

Xayr maktabim she’ri

Xayr maktabim she'ri

Bahorning so’nggi kunlari,
Tugar bolalik chog’lari.
Jaranglaydi so’nggi qo’ng’iroq,
Xayr maktabim,
Xayr do’stlarim, sho’xligim.
[Setanho (Setora) guruhi]
Afsus, afsus endigina
Qadringga men yetganimda,
Men bag’ringdan uchib ketaman,
Yangi hayotga
Oq yo’l tilaysan sen bizga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x2)
[Ravshan Sobirov]
Ishonmasdim necha yillar
Qalbimdagi tuyg’ularga,
Faqat bugun men shuni bildim,
Qanchalik jonim,
Sen kerakliging menga.
[Setanho (Setora) guruhi]
Yodimda sen yozgan maktub,
Beg’ubor sevgi izhori.
Qaytgim kelar o’sha kunlarga,
Bolaligimga,
Sen bilan birga maktabga.
Xayr maktabim, xayr sho’xligim,
Birinchi sevgim xayr, xayr do’stlarim. (x4)
Xayr maktabim…

25-may ssenariylar >>

Sinfdosh do‘stlarim

Ko‘zlarimiz kuladi, ko‘ngil yig‘laydi.
Tillarimiz xayr deb, dil ketma deydi,
Sog‘inamiz maktabim, issiq bag‘ringni.
Ey sinfdosh do‘stlarim, ketgim kelmaydi.

Qaldirg‘ochga o‘xshabon, ucharmiz bizlar,
Dillarda sog‘inch bilan, ketarmiz do‘stlar.
Ko‘zlarimiz yo‘lingda, sog‘inar seni,
Ey sinfdosh do‘stlarim, ayrildik endi.

manba