Munadarija
9-may xotira va qadrlash kuni bayrami uchun sherlar to’plami. Ushbu bayram O’zbekistonda nishonlanib kelinmoqda. Bu 9-may xotira kuni o’tgan ajdodlarimizni yod etish bayrami sifatida qaraladi.
Xotira maydoni
Serzarda zamonlar oʼtdilar qator,
Oʼtdilar yillaru oylar rang-barang.
Moziydan bugunga yetmasdi ovoz,
Boʼlmaganda ,xalqim,sening xotirang.
Sen oʼzing naqsh etding hayot qissasin,
Sen oʼzing soʼng uni aylading bayon.
Olis bobolarning bosgan har izin
Oʼzing avlodlarga etding namoyon.
Dillardan zulmatni quvay deb yongan
Navoiy qalamin yoritgan chiroq,
Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan
Koʼchib,fikrlarni yoritgan chaqmoq,
Ona Toʼmarisning shonli qismati,
Jaloliddin tigʼi taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Boʼlmaganda,xalqim,sening xotirang.
Imom Buxoriyning shaffof imoni,
Ulugʼbek fikrida balqigan yulduz,
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni
Sening xotirangda saqlanar hanuz.
Shu bois nomingni yoʼq etay deya
Yovlaring xotirang buzmoqchi boʼldi,
Yolgʼonu tuhmatlar, uydirma ila
Tarixing qaytadan tuzmoqchi boʼldi.
Seni johil dedi,savodsiz dedi,
Аldamoqchi boʼlib butun dunyoni.
Dunyo bilar edi — unga sen berding
Buyuk Xorazmi-yu ulugʼ Sinoni.
Istiqlol bayrogʼi yuksaldi baland,
Yana nasib boʼldi ozod istiqbol,
Uch ming yillik koʼhna tarixingni ham
Bagʼringga qaytardi shonli istiqlol.
Istiqlol qadimiy oʼzbek nomini
Qaytadan kashf etdi ahli jahonga.
Qadrlab har mudom oʼzbek shonini,
Dunyoni qaratdi Oʼzbekistonga.
Dilda Xotirani imondek saqlang,
Dilda boʼlsin ota- onaning yodi.
Chechakday koʼkarsin qalblar bogʼida
Olis ajdodlarning soʼngan hayoti.
Unutmang,yashamay yigit yoshini,
Boʼsa mazasini bilolmay hatto,
Necha erlar yerga qoʼydi boshini
Jonini yurtiga qilgancha fido.
Ularning yodini eʼzozlab yashang,
Safda yurganlarni qadrlang mudom.
Xotira maydonin lavhalarida
Bitilsin har bitta unitilgan nom.
Motamsaro Ona qoshiga boring,
Yashirmay koʼzlardan oqqan yoshingiz.
Shahidlar yodini eslab,bir lahza
Oyogʼi ostiga qoʼying boshingiz.
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir gʼurur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Koʼkarsa — ikkiga boʼlib tashlaydi
Yoʼlining ustida tursa hatto togʼ.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolgʼiz sen haqli!
Zamonlar oʼtajak quyun singari,
Necha yulduz soʼnib,tamom yitajak.
Sening yoding borki,yorugʼ kunlarga
Bizning koʼzlar ila boqar kelajak.
Ishonaman, oʼsha olis ertada —
Fasli novbahorning masʼum pallasi
Xotira bogʼiga kelib bosh egar
Olis kelajakning erka bolasi.
Uning koʼzlarida yongan shuurda
Navoiy hikmatin nuri koʼringay,
Uning yuragida joʼshgan gʼururda
Bobolar yuragin qoʼri koʼringay!
Xotira va qadrlash ssenariylar >>
O’gillarini yod etar ayollar
Qoʼshoq aka, uxlamaysiz,
Qishning uzun kechasi,
Yoki oʼylab qiynalarsiz
Qoʼldagi oʼq parchasin.
Rajab aka, siz ham uygʼoq,
Yengolmassiz qiynoqni,
Sogʼindimi yo oʼng oyoq
Kesilgan chap oyoqni.
Yarim tunda, qishloq aro
Uchar gʼamgin xayollar,
Erlarini, oʼgʼillarin
Yod etadi ayollar…
Xotira va qadrlash kuni
Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir iftixor,tirikdir gʼurur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hatto maysaning ham xotirasi bor,
Maysa xotirasi — nurga intilmoq.
Koʼkarsa — ikkiga boʼlib tashlaydi
Yoʼlining ustida tursa hatto togʼ.
To quyosh osmonda porlab turarkan,
Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!
Har bir fojiaga,har bir sharafga,
Baho bermoqqa ham yolgʼiz sen haqli!
O’ksinib yig’laydi..
Beva hovlisiga tun oldin kirar,
Quyuqlashib borar dilda xotira.
Devorda, suratda: bir yigit kular,
Yonida jilmayar bir qiz bokira.
Beva eng chiroyli koʼylagin kiyib,
Ochiq derazadan termular gʼamgin.
Xona burchagida gʼamdan entikib,
Eski plastinka gʼijillar tagʼin.
Oqshomlari qiyin boʼlar bevaga:
Xotiralar dilga kirar quralash.
Ogʼir boʼlsa hamki, tasvir boʼlsa ham
Suratga jilmayar koʼz yosh aralash.
Jigarlarim
Vatan uchun jonin bergan jigarlarim,
Hurlik uchun qonin bergan jigarlarim,
Xoinlarni itday qirgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Volidangiz:«Farzandimdan roziman» — der,
Rizoligin aytar sizga shu ona yer,
Ey,Boburjon,ey,Ulugʼbek,ey Аlisher,
Nomingizni unutmaydi ona Vatan.
Ortingizda oʼzbek degan millat qoldi,
Oʼzbekiston degan ulugʼ davlat qoldi,
Sizdan meros jasoratu shiddat qoldi,
Sizni aslo unutmaydi ona Vatan.
Siz tufayli uyim tinchdur,baxtim omon,
Siz tufayli kunlar kelar dorilomon,
Ey Gʼafurjon,ey Mahmudjon,ey Elomon,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Sadoqatni jo aylab siz dilingizga,
Belbogʼ boylab shijoatdan belingizga,
Koʼkragingiz qalqon boʼldi elingizga,
Sizni abad unutmaydi ona Vatan.
Toki oʼzbek,Oʼzbekiston dunyoda bor —
Sizlar ila qilar faxr va iftixor,
Ey Qahramon,ey Maʼrufjon,ey Sayyor,
Unutmaydi, unutmaydi sizni Vatan.
Haqqingizga duo aytar Temur bobo,
Duo aytar Toʼmarisdek qutlugʼ momo,
Duo aytar qoningizni ichgan giyoh,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Endi sizga Аlpomishlar yoʼldoshu yor,
Endi sizga abadiyat aytar alyor,
Ey Yunusbek,Аbduxalil,ey Doniyor,
Unutmaydi,unutmaydi sizni Vatan.
Vatan uchun shahid ketgan jigarlarim,
Or-nomusni baland tutgan jigarlarim,
Аbadiyat sari ketgan jigarlarim,
Unutmaydi nomingizni ona Vatan.
Xotira va qadrlash ssenariylar >>
Nomalum askarga maktub
Urushga ketib bedarak yuqolgan va qaytib kelmagan o’g’lonlarga bag’ishlanadi.
Mushtipar onangni, boshlari sarak
Qalbini tig’laydi sog’inch tug’yoni
Ko’p yil bo’ldi axir sendan yo’q darak
Qachon uyga qaytasan o’zbek o’g’loni
Sog’misan esonmi? Bormisan hali?
Yoki qolib ketdingmi Volga bo’yida
Nogahon o’q tegib janglar mahali
Qoldingmi yiqilib Kursk yoyida
Eshitdim fashistga qarshi chiqibsan
Bir paytlar Chingizga chiqqandek zamon
Janglarda mardu mardon turibsan
Nomsiz tepalikda o’n bir qahramon
Frontda bormikan dardingni tinglar
Yiqilsang qo’linga qo’lini tutib
Yotganda izg’irin qahraton tunlar
Janoning o’rniga shneling quchib
Do’sting ham yaxshimi, sen bilan ketgan
Yurgandir frontda yerlarni tepib
Do’ppisin o’rniga pilotka kiygan
Marshaldan g’ururli, chapani yigit!
Ismlaring kim edi Qodir? Pirimqul?
Berlin darvozasiga yozganmidingiz?
Qishloqqa qaytsangiz hanuz o’sha yo’l
Yo’lni eslatsam balki kelarmidingiz
Sog’ omon chiqqanding ota uyidan
Endi qayerlarda qolding sen inim
Onang hanuz kutar soyning bo’yidan
Qo’ylarni boqib, qaytar deb o’g’lim
Qayerlarga ketding yurtingdan nari
Qaytgin qo’llaringa ketmoningni ol
Unutma yurtingni boylik Gavhari
Otangdan qolgan dalalaring bor
Ey o’zbek shu kunlar bormi boshingda
Kecha-yu kunduzda paxtalar terib
Minglab yetimlarni boqding uyingda
O’zingni bolangni frontga berib
Nomi o’chsin, o’sha la’nati urush
Hanuz Kechalari o’ylayman biroq
Yetmayman o’yimga bo’laman xomush
Kerakmidi senga shu qizil Bayroq
Necha o’g’lon, necha pahlavon
Ketdingiz bedarak na nom na nishon
Atashar sizlarni nomalum askar
Noma’lum? Demak yashaysiz hamon
Bobo deymi, ota? Nima deb atay
Axir yosh edinglar, bormaydi tilim
Mayli hammangizni og’a deb atay.