1-oktabr Ustoz va Murabbiylar kuni haqida sherlar

Murabbiylar kuni haqida barcha eshitgan bo’lishi tabiiy, chunki ushbu 1-oktabr ustoz va murabbiylar kuni bayram sifatida o’zbekistonda keng nishonlanib kelinmoqda. 1-oktabr o’qituvchilar kuni. Ustoz va murrabbiylar kuniga sherlar

Murabbiylar haqida sherlar

1-oktab ustoz va murabbiylar kuni uchun eng yangi va qadrli sherlar to’plamini etiboringizga havola etmoqdamiz.

Rahmat sizga ustozjon

Oqargan sochingizda,
Meni ham hissam bor.
Siz borsiz menda doyim,
Bo‘lar omadlar bisyor.

Siz bergan saboqlardan,
O‘zimni o‘nglab olaman.
To‘g‘ri fikir chiqarib,
To‘g‘ri yo‘lda boraman.

Siz misoli bir quyosh,
Sizga intiq o‘smir yosh.
Agar siz bo‘lmasangiz,
Bo‘lamiz bizlar bebosh.

Hayotimni yoritgan
Sizning katta mehringiz.
Hamma narsaga yetar
Sizning jajji aqlingiz.

Biz sizni hurmat qilamiz
Bizlar sizni sevamiz.
Siz bo‘lmasangiz biz
Kimdan ilim olamiz.

Sizni sevaman ustozim
Siz o‘zingiz dil torim.
Hayotida yagona bo‘lgan
Ilimga to‘la gul bog‘im.

Tavsiya etamiz : Yuklab olish

1-oktabr o’qituvchilar kuni

1-oktabr o'qituvchilar kuni

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko’kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O’rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o’rgatdingiz qancha ranj bilan.
Koplab bo’larmikan bu qarzni alxol,
O’zib bo’larmikan yuzta ganj bilan.

Murabbiylar kuni

Abdurahmon JOMIY tomonidan yozilgan ushbu satrlarni o’qib. Ustoz va murrabbiylar kuniga atalgan sherlar to’plami.

Shunday edi doim bilim tavozu,
Ustoz ta’limidan yashnadi orzu.
Bir kishi dedi-ki: “Bunda ne sir bor
Otadek ustozga ta’ziming bisyor?”
Dedi: u qormishdi suv bilan loyim,
Bunisi jon-dilim o‘stirdi doim.
Bundan tanam bo‘ldi jonimga mezbon,
Undan abadiylik topdi ushbu jon.

Muallim desalar

Abdulla Oripov tomonidan yozilgan ushbu satrlarda juda katta ma’no va istak yotganini bilish juda oson.

Shoirga dedilar: – Siz – baxtli inson,
El-yurt ardoqlaydi, hamma taniydi.
Shoir javob berdi: – Menda bir armon,
Muallim desalar meni, qaniydi.

Aziz muallim

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.

Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Qalbi daryo muallimlar

Siz, muallim inson uchun,
Har bir ilmu urfon uchun,
Rahnamosiz bizlar uchun,
Qalbi daryo muallimlar.

Ko’klar sari parvozimiz,
Dong taratgan ovozimiz.
Siz tufayli qalblar osmon,
Dil guliston muallimlar.

Navnihol bog’larning bog’boni,
Niholga fidodir ming joni.
Ilm talab karvonning sarboni
O’zingiz mehribon ustozlar!

Aziz ustoz

Yillar suronimi sochingizdagi oq,
Yoki bo‘rning yuqi tegib ketdimi?
Ezgulik yo‘lida yorug‘ dilingiz,
Ko‘zingiz nuriga singib ketdimi?
Shogirdlar har biri o‘g‘il-qizingiz,
Oqlaydi siz bergan nonu tuzingiz.
Ularning yutug‘i sizning yuzingiz
— Shu bois ko‘zda yosh qalqib ketdimi?

Tavsiya etamiz : Vatan haqida sherlar

Ustozlar omon bo’ling

Yana qalam ushladim.
Sher yozishni boshladim.
Talablarga binoan.
Ustozlarni maqtadim.

Xalqimizda bugun bayram.
Jonajon ustozlar kuni.
Xar bir ilm olgan odam.
Qadirlaydi ustozini.

Ex ustozlar bor böling.
Doyimo kulib yuring.
Biz yoshlarni baxtiga.
Doyimo omon böling.

Xammon yodda saqlanar.
Birinchi sinf darsliklar.
Alifboni ochib berib.
Ustoz bergan saboqlar.

Gox söylaysiz xayotdan.
Bilim berasiz kitobdan.
Saboqlariz olgan odam.
Xech qörqmaydi sinovdan.

Qancha maxtov bölsa kam.
Chunki siz bor yorug’ olam.
Ustoz körmagan odamni.
Tan olmaydi bu olam.

Bilib bilmay sizlarni.
Köp rajitib qöyamiz.
Umir ötib kech bölgaoda.
Afsus qilib yig’laymiz.

Tög’ri bazi payitlarda.
Siz xam qarab turmaysiz.
Qöl ishlatib ursangizda.
Yomon böl deb urmaysiz.

Bölsin erkak yo ayol.
Tilim berar extimol.
Ular bergan saboqdan.
Özligingni anglab ol.

Nima deb atay mualimmi.
Yoki ustoz, domlajon.
Siz siz xayot xayotmi.
Barchangizdur jonajon.

Muallimjon

Ulug‘ ilm ildizi sizda mujassam,
Turli xil sohadan berasiz ta’lim.
Uni tinglaganda kichik jussam ham,
Yetuk inson kabi o‘sgay, muallim.
Qalbingizda doim ilm porlaydi,
Go‘yo u nur kabi bizni chorlaydi.
Siz mening tundagi yorug‘ yulduzim,
Nurli kunduzimsiz, aziz muallim.

Ushbu sherlar bu yerdan olingan