Zulfiya xonim xotirasiga atalgan sherlar

Zulfiya xonim xotirasiga atalgan sherlarZulfiya xonim xotirasiga atalgan sherlar. Zulfiya Isroilova o’zbek adabiyotining yorqin namoyondasi ekanligini hozirgi yosh avlod ham anglab yetyapti. Ushbu she’rlar esa ushbu shoiraning xotirasiga bag’ishlanadi.

Unutmaymiz sizni Zulfiyaxonim.

O’zbek ayolisiz,o’zbek onasi,
O’zbeklarning sevimli shoirasi.
Sizni eslab o’tayotir har onim,
Unutmaymiz sizni Zulfiyaxonim.
***
Ijodga bag’ishlab hayotingizni,
Ta’riflari ko’pdir bayotingizni.
Bizga qadrlisiz so’ngsiz armonim.
Unutmaymiz sizni Zulfiyaxonim
***
O’zbekning qizlari sizga shogirddir,
Iboni,hayoni sizdan organsin.
Har yozgan she’ringiz mening makonim,
Unutmaymiz sizni Zulfiyaxonim

Tavsiya etamiz : Zulfiya tarjimai holi

Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.

Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.

Bahor ilk kunida,sahar chog’ida,
Derazam tagida o’rik gullari.
Qalbim bir entikib,bir shodon bo’lib,
Shoira,qizingiz sizni esladi,
Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.
***
Men ham shu bahorni kuyladim ko’p bor,
Ruhingiz shod etib,takror va takror.
Siz ayol,siz ona va vafoli yor,
Bugun bedor qalbim sizni qo’msadi,
Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi
***
Siz yurtim jamolin ko’p kuyladingiz,
Sadoqat,vafodan ko’p so’yladingiz.
Ayol buyukligin isbotladingiz,
Bu kun bashariyat sizni esladi,
Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.
***
To hayot ekanman sizni eslayman,
Har bahor chog’ida sizni qo’msayman.
Oq qog’oz,qalamim hech kamsitmayman,
Mehri bedorligin sir tutolmadi,
Yana o’rik oppoq bo’lib gulladi.Zulfiya xonim xotirasiga sherlar.

Tavsiya etamiz : Zulfiya she’rlari

Sizga yana Zulfiya tavalludiga atab yangi tadbir senariysini ham taqdim etamiz : Ushbu havolani bosing