Yangi yil sarguzashtlari bayram senariysi

Yangi yil sarguzashtlari bayram senariysi yangi yil bayrami uchun. Foydalaning.

Zal. Yangi yil ruhida bayramona bezatilgan. Yangi yil mavzusida tayyorlangan devoriy gazetalar, plakatlar, sharlar, yasatilgan archa tadbirga ko’tarinki ruh bag’ishlaydi. Bolalar bayramona liboslarda, ertak qahramonlari obrazlarida tashrif buyurishgan.

Yangi yil sarguzashtlari bayram senariysi

1-Boshlovchi: Assalomu alaykum, mehri daryo ustozlar va  qalbi qaynoq bolalar!

Tabrik aylay sizni, do’stlar-yoronlar,

Yangi yil ham yangi iqbollari bilan.

Er-u osmon chin ko’ngildan jo’r bo’lar

Nurli xush ayyomda xushhollar bilan.

2-Boshlovchi:

Yayraylik to sahar to’lqin bo’lib,

CHehralar gulgun bo’lib,

Davramizda raqsga tushsin oy bo’lib,

Raqsga tushsin archalar tollar bilan.

Tavsiya etamiz : Yangi yil uchun boshqa ssenariylar

1-Boshlovchi: Mana, 2017 yil tugab, 2018 yil kirib kelishiga ham oz fursat qolgan.

2-Boshlovchi: Barchangizga yangi yilda yangi baxt, yangi kuch-quvat, sog’liq-salomatlik tilaymiz.

(Eshik orasida g’ala-g’ovur boshlanadi.

Eshik ochilib, Oppog’oy va 3 ta mittivoy kirib keladi).

1-Boshlovchi:  Iya, bular  kim bo’ldi ekan?

2-Boshlovchi: Axir bu Oppog’oy bilan mittivoylar-ku! Bayramimizga tashrif buyurib, bizlarni juda xursand qildingiz.

1-Boshlovchi: “Topgan gul, topmagan bir bog’ piyoz” deyishadi. Oppog’oy, sizlar ham bayramimizga quruq kelmagan bo’lsangiz kerak.

Oppog’oy: To’g’ri aytasiz. Yangi yil tabriklarimizni qabul qiling. Qani, mittivoylar!

Mittivoylar:

Biz – mitti-mittivoylar,

(Birgalikda) Xushchaqchaq chaqqonvoylar!

Gar o’yinga tushsak biz,

Qattiq qarsak chaling siz.

Oppog’oy: So’zlaringiz isboti bilan bo’lsin, Mitivoylar, davraga marhamat!

(SHo’x kuy yangraydi. Mittivoylar mehmonlarni ham davraga tortib, birga raqsga tushadilar. SHu payt qaroqchilar sekin kirib kelib, Oppog’oyni o’g’irlab ketishadi. Raqs tugagach, hamma uning yo’qligini sezib qoladi).

1-mittivoy: Voy,Oppog’oy yo’q-ku, qayoqqa ketdi ekan?

(Eshikdan qizil qalpoqcha kirib keladi).

Qizil qalpoqcha: Salom, bolalar! Hammangizni Yangi yil bilan tabriklayman. Men ham sizlar bilan bayramda o’ynasam maylimi?

1-Boshlovchi: Qizil qalpoqcha, bizning Oppog’oyimiz yo’qolib qoldi. Sen uni ko’rmadingmi maboda?

Qizil qalpoqcha: Ko’rdim. Uni qaroqchilar o’rmon tomonga olib ketishayotgandi. SHu yo’ldan to’g’ri ketsangiz, ularni topasiz.

(Mittivoylar chiqib ketishadi. SHu payt bo’ri kirib keladi).

Bo’ri: Qizil qalpoqcha, men seni yeyman!

Qizil qalpoqcha: SHoshma, bo’rivoy! Avval shartimni bajar. Agar g’olib chiqsang, mayli, yeyaver. Lekin yutqizib qo’ysang, Oppog’oyni topishda mittivoylarga yordam berasan. Bo’ptimi?

2-Boshlovchi: Tennis koptogini qoshiqda manzilga yetkazishingiz kerak. Lekin qoshiqni qo’lda emas, og’zingda ushlashing kerak bo’ladi.

1-Boshlovchi: Qani, bo’rivoy bilan bellashadigan mard bolalarimiz bormi? Marhamat . . .

(Bo’ri va 2 bola o’zaro bellashadi. G’olib bolaga sovg’a beriladi).

2-Boshlovchi:

Eh, maqtonchoq bo’rivoy,

Yutdi-ku bu bolakay.

Jazosiga o’ynaysan,

Baland-baland sakraysan.

Bo’ri: Mayli, roziman. Mana shu chaqqon bolajonlar bilan o’ynaganim bo’lsin. Mashshoqlar, chalinglar “Bagdaduri”ga!

(SHo’x qo’shiq yangraydi. Bo’ri va bolalar raqsga tushishadi. Musiqa tugagach, Bo’ri chiqib ketadi. SHum bola va SHumtaka kirib keladi. Ular o’zaro bahslashadi).

SHum bola: Ha, topolmadingiz-ku, “Aqlda tengi yo’qman” derdingiz-ku. SHuniyam topolmading.

Tavsiya etamiz : Yangi yil uchun boshqa ssenariylar

SHumtaka: Qiyin ekanda, topishmoqlaring, osonrog’ini so’ragin.

1-Boshlovchi: Hoy-hoy, SHum bola, SHumtaka. Nega bahslashayap-sizlar? Yangi yilni janjallashib kutib olmoqchimisizlar?

2-Boshlovchi: Biron nimani bilmayotgan bo’lsangiz, keling, bolalardan so’raymiz.

SHum bola: To’g’ri aytasiz. Bolajonlar, SHumtaka aytgan topishmoqlarimga javob topolmayapti. Unga yordam berasizlarmi?

Bolalar: Ha.

SHum bola: Unda eshitinglar.

  1. Tomorqada o’sadi,

Tilingni xo’b chaqadi.

(garimdori)

  1. O’zi bitta, ko’zi ikkita,

Mo’ylovi o’zidan ham uzun.

(suvarak)

  1. Dunyoda eng mazali,

Sedanali, jizzali.

(non, kulcha)

  1. Bo’g’irsoqday dumaloq,

Issiqda bosar chanqoq.

(tarvuz)

  1. Yoz bo’yi u mehnatda,

Qishda uxlar, albatta.

(chumoli)

  1. Ayyorlikda tengi yo’q,

Tovuq, g’ozning tinchi yo’q.

( tulki)

(SHum bolaning topishmoqlariga to’g’ri javob bergan bolalarga sovg’a beriladi).

1-Boshlovchi: Qoyil, ofarin, bolalar! “Aqlda tengi yo’q” deb sizlarni aytsa bo’larkan.

2-Boshlovchi: SHumtaka, SHum bola, sizlar mabodo qaroqchilarning qayoqqa ketganini bilmaysizlarmi? Ular Oppog’oyni o’g’irlab ketishdi. Mittivoylar esa ularning ketidan quvib ketishgandi.

SHumtaka: Ko’rdik, ko’rdik ularni. Qayoqqa ketishganini ham bilamiz. Lekin avval bolalar bilan bir “Andijoncha”siga raqsga tushmoqchimiz.

SHum bola: Avval mazza qilib o’ynab olaylik. Keyin Mittivoylar qayoqqa  ketganini aytamiz. Qani, bolalar davraga marhamat!

Tavsiya etmaiz: Yangi yil sherlar

(SHum bola, SHumtaka va bolalar raqsga tushadilar).

SHumtaka: Ey, rahmat. Zo’r o’ynarkansizlar. Mazza qildim.

SHum bola: Ana endi aytsak bo’ladi, Mittivoylar qayoqqa ketganini. Ular Alishox saroyiga kirib ketishganini ko’rdik.

1-Boshlovchi: Iya, qaranglar, olampanohimizning o’zlari bakovul-yasovullari bilan birga tashrif buyurishibdi bayramimizga.

2-Boshlovchi: Marhamat, davra sizlarga muntazir.

(“ Alishox” guruhi ijrosida raqs ijro etiladi. Raqsdan so’ng Mittivoylar, SHumtaka, SHumbola, Bo’ri, Yalmog’iz kampirni, qaroqchilarni sudrab olib kelishadilar).

2-Mittivoy: Mana, biz ularni tutdik.

3-Mittivoy: Yalmog’iz kampirning buyrug’i bilan manavilar Oppog’oyni o’g’irlab, berkitib qo’yishdi.

1- Mittivoy: Qaytarib ber, Oppog’oyni, yaramas kampir!

Yalmog’iz: Bo’pti, bo’pti. Agar biz bilan o’rtoq bo’lsanglar, biz bilan birga raqsga tushsanglar,Oppog’oyni qaytarib beraman.

1-Boshlovchi: Bolajonlar, yalmog’iz kampir bilan, qaroqchilar bilan raqsga tushamizmi?

Bolalar: Ha, mayli.

2-Boshlovchi: Unda hamma raqsga tushsin!

(SHo’x kuy yangraydi. Hamma raqsga tushadi. Musiqa to’xtaganida, Oppog’oy kirib keladi).

Oppog’oy: Hammangizga katta rahmat. Meni bandilikdan ozod qildinglar.

1-Boshlovchi: Oppog’oy, Yalmog’iz kampir ham, qaroqchilar ham “Endi yovuzlik qilmaymiz” deb so’z berishmoqchi hammamizga.

Yalmog’iz va qaroqchilar: So’z beramiz! Endi hech ham yomonlik qilmaymiz.

2-Boshlovchi: Juda soz. Ana endi bayramimiz bayramday o’tadi.

1-Boshlovchi: Bolajonlar, yangi yil kirib kelishi uchun yana 2 ta mehmonni taklif qilishimiz kerak bu yerga.

Tavsiya etmaiz: Yangi yil sherlar

Oppog’oy: Kim ekan u mehmonlar?

Bolalar: Qorbobo! Qorqiz!

SHumbola: To’ppa-to’g’ri. Endi hammamiz birgalikda Qorbobo bilan Qorqizni chaqiramiz.

Hamma: Qorbobo! Qorqiz! ( 3 marta).

(Qorbobo Qorqiz bilan kirib keladi)

Qorbobo: Salom, meni aziz bolajonlarim. Kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo’lsin.

Qorqiz: Bobojon, bayram avjida-ku. O’yin-kulgi-ga, musoboqalar ham qiziqarli o’tgan bo’lsa kerak. Yangi yil sovg’alarsiz bo’lmaydi, albatta.

Qorbobo: To’g’ri aytasan, qizim, hammangizga yetarli sovg’a bor  qopimda.

(Qorbobo bolalarga sovg’a ulashadi).

Qorbobo: Iya, archamiz uxlab qopti-ku. Bayram chiroqlarini yondirishim uchun menga yordam berishingiz kerak, bolajonlarim. Hammamiz birgalikda “Archa, yon” deymiz.

Bir, ikki, uch . . . archa yon! ( 3 marta). (Archa yonadi).

1-Boshlovchi: Yangi yil muborak, aziz Vatanim!

Farzandlari sog’lom, qudratli yurtim!

Yangi yil muborak, mehnatkash halqim!

Fidoiy, mardona, jonkuyar elim!

(Yangi yil haqida qo’shiq yangraydi. Bolalar raqsga tushadi)

2-Boshlovchi: Mana, bugungi bayram dasturimiz ham nihoyasiga yetdi. Barchangizga o’qishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Xayr, salomat bo’ling!

 

  1. 1-Boshlovchi.
  2. 2- Boshlovchi.
  3. Oppog’oy
  4. 3 ta mittivoy
  5. Qizil qalpoqcha
  6. Bo’ri
  7. SHum bola
  8. SHumtaka
  9. Qorbobo

10.Qorqiz

Tavsiya etamiz : Yangi yil uchun boshqa ssenariylar