Abduhakimov Aziz Abduqahhrovich tarjimai holi

Оглавление/Munadarija

Abduhakimov Aziz Abduqahhrovich tarjimai holi.

Abduhakimov Aziz Abduqahhrovich— 2014 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri. 2014 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi.

Abduhakimov Aziz Abduqahhrovich 1974 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. Magistraturani esa Yaponiyaning Xitotsubasi universitetida tamomlagan.

Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar haqida
  • 1993 -1996 yillar — “Ipak yo‘li” Aksionerlik innovatsion savdo banki mutaxassisi, bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i.
  • 1996-2004 yillar — O‘zbekiston Republikasi Markaziy banki bosh iqtisodchisi, “Berliner Bank AG” ning Toshkentdagi vakolatxonasi maslahatchisi, AKB “Uzpromstroybank” loyiha mablag‘lash bo‘limi boshlig‘i, Savdo va loyihani moliyalash boshqarmasi boshlig‘i.
  • 2004-2008 yillar — O‘zbekiston Respublikasi jamlama axborot-tahliliy departamenti iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari.
  • 2008-2010 yillar — O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasi Davlat mulkini boshqarish raisi birinchi o‘rinbosari.
  • 2010-2012 yillar — O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasi Davlat mulkini boshqarish raisi.
  • 2012-2014 yillar — O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish bo‘yicha rais.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2014 yil 4 martdan e’tiboran Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri etib tayinlandi.
Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar haqida

 

manba