Дилшода Раджаба (1964)Dilshod Rajab (1964)

Dilshod Rajab

Прочтите биографию Дилшода Раджаба на узбекском языке.

 
Dilshod Rajab

 

Dilshod Rajab haqida.

Dilshod Rajab 1964 yilning 7 dekabrida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tugʻildi. 1982 yil Navoiy nomidagi 4-oʻrta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirdi.

1983–1985 yillar harbiy xizmatda boʻlib qaytgach, tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargoh tahsilini tugatib, oʻzi oʻqigan 4-oʻrta maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi.

1990–1993 yillar Nizomiy nomidagi TDPI aspiranturasida oʻqib, “80-yillar oʻzbek bolalar sheʼriyatida poetik mahoratning ayrim masalalari” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi.

Faoliyati.

U Oʻzbekiston Davlat matbuot qoʻmitasida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamgʻarmasi” nashriyotida, Respublika “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasida turli lavozimlarda ishladi (1994–2004). 2005 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Muhofaza+” jurnali, “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyatida bosh muharrir sifatida faoliyat yuritadi.

Dilshod Rajab tomonidan chop etilgan ilk she’ri va kitobi.

Ilk sheʼri “Gulxan” jurnalida 1978 yilda bosildi, “Qorqiz sovgʻa keltirdi” nomli ilk kitobi esa hammualliflikda 1989 yilda nashr etildi. Shundan soʻng, shoirning “Otamning bogʻi” (1996), “Daryo koʻngil” (1997), “Jilvon oʻgʻloni”, “Alifbo” (2001), “Tanish tovushlar” (2006), “Sukut sarhadi” (2006), “Oʻn oʻrtoq”, “Hamro polvon” (2011), “Poyezdning bolasi” (2013), “Baxshi bola – yaxshi bola” (2016) kabi bolalarga bagʻishlangan kitoblari dunyoga keldi.

Dilshod Rajabning hozirgi faoliyati.

Dilshod Rajab, shuningdek, davriy matbuotda oʻzining ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik. maqolalari bilan ham muntazam qatnashib keladi. U ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar va oʻsmirlar adabiyoti kengashi aʼzosi sifatida ham faoliyat koʻrsatadi.

Dilshod Rajab Jurnalistika sohasida VI “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov sovrindori (2011 yil).