МиртемирMirtemir (1910-1978)

Mirtemir

 

Биография

Народный поэт Миртемир внес значительный вклад в узбекскую поэзию 30-х годов. Был личным секретарем председателя Центрального Исполнительного Комитета Узбекистана Юлдаша Ахунбабаева. В 1979 году посмертно награжден государственной премией имени Хамзы за произведение «Тогдай таянчим». В 2001 году награждён орденом «Буюк хизматлари учун».

Народный поэт Узбекистана Миртемир Умарбекович Турсунов родился в 1910 году в селе Икан, ныне Туркестанского района Чимкентской области Казахстана. Поэт работал под псевдонимом Миртемир. Учился в школе старого типа, в 1921-23 годах обучался в школе-гимназии имени Алмаий в Ташкенте.

В 1932 году окончил общественно-литературный факультет Педагогической академии в Самарканде.

Работал секретарем председателя Центрального Исполнительного Комитета Узбекистана Ю. Ахунбабаева.

В 30-годы по неизвестным причинам был репрессирован, работал на строительстве канала Москва — Волга.

После скорого освобождения работал в редакциях, в театре, редактором в газетах. Он преподавал в различных учебных заведениях, был советником в Союзе писателей Узбекистана.

Умер 25 января 1978 года. В 1979 году посмертно поэта наградили государственной премией имени Хамзы за произведение «Тогдай таянчим».

В 2001 году награждён орденом «Буюк хизматлари учун».

Сборники стихотворений:

«В объятиях лучей» (1928), «Взволнованность» (1931), «Коммуна» (1932), «Столица» (1936), «Месть» (1944), «Новые стихи» (1947), «Избранные произведения» (1958) и др.

Стихи: «Яли-яли», «Помни обо мне», «Говорят, что в моем городе есть одна красавица», «Знаю только я», «Мои ресницы», «Я тебя не беспокою». Поэмы «Портрет» «Победа» (1929), «Звон» (1932), «Барот» (1930), «Хидир» (1932), «Дилкушо», «Доч воды» (1937), «В свадьбах Айсанама» (1938), «Глазы» (1939).

Перевел на узбекский язык сочинения А.С. Пушкина, Н.А. Некрасова, Ш. Руставели, Абая, Махтумкули и Бердака.

Mirtemir

Mirtemir haqida.

O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir 1910 yil 30 mayda Qozog‘iston respublikasiga qarashli Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ildi. U eski maktabni bitirgach, 1921 —1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna maktabida tarbiyalanadi. So‘ng 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlaydi va shu yili O‘zbekiston Davlat Pedagogika akademiyasiga o‘qishga kiradi.

Mirtemir 30-yillarning boshlarida noma’lum sabablarga ko‘ra qatag‘on etilib, «Moskva — Volga» kanali qurilishiga yuboriladi. Ammo ko‘p o‘tmay, ozod etilib, oz muddat turli o‘quv yurtlarida dars beradi, muharririyatlarda adabiy xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlaydi.

Mirtemir ijodi.

Uning birinchi she’ri 1926 yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan «Yosh leninchi» ro‘znomasida bosilgan. Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi tarannum qilingan.

Shoir xalq ijodidan ilhomlanib, «Ajdar», «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to‘yida» kabi dostonlarini yaratdi. Bu asarlar 30-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek she’riyatining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan.

Uning urush yillarida yaratilgan «Vabo», «O‘ch», «Bu — mening Vatanim», «Ona shahar», «Dengiz bo‘yida», «Mard yigit, yoring bo‘lay», «Pilla», «Ko‘zlarim yo‘lingda» kabi she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda ifodalangan.

Urushdan keyingi yillar Mirtemir ijodida zamon bilan hamnafaslik, davrning eng muhim masalalarini, zamondoshlarimizning barkamol obrazlarini yaratish tamoyili keng o‘rin tutadi.

 

Mirtemirning tarjimonligi.

Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir. U A. S. Pushkin she’rlarini, N. A. Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini xamda qirg‘iz xalq eposi «Manas»ni tarjima qilgan.

Mirtemirning «Qoraqalpoq daftari» she’rlar turkumi o‘zbek she’riyatining 60-yillardagi yutuqlaridandir. Shoirning «Surat» dostoni o‘zbek dostonchiligining eng nodir namunalaridan biridir. Shoirning «Men seni…», «Chag‘alay», «Qirg‘iziston», «Maxtumquli to‘yida», «Onaginam», «Qozog‘im», «Qaydadir buloq» kabi she’rlari xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir.

1979 yilda unga «Tog‘day tayanchim» she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Davlat mukofoti berilgan. Shuningdek u Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti (1977) laureati, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni sohibi (2002).

Mirtemir 1978 yil 25 yanvarda Toshkentda vafot etgan.