Munadarija

Биография
Ульмас Умарбеков -узбекский писатель. Автор сборников рассказов «Жизнь вечна» (1964), «Болгарские песни» (1966), «Мост» (1968); повестей «Любимая» (1963), «Летний дождь» (1973), «Две весны Дамира Усманова» (1978); романа «Человеком быть – это трудно» (1969, перевод – «Зеленая звезда», 1972). Также автор пьес.
Ульмас-Камал Рахимбекович Умарбеков родился в 1934 году в Ташкенте. Окончил отделение журналистики филологического факультета Ташкентского государственного университета, работал в комитете по телевидению и радиовещанию.
Печататься начал в 1956 году, первый сборник рассказов издан в 1959 году. Автор нескольких сборников рассказов и повестей – “У кого нет забот”, “Любимая”, романа “Трудно быть человеком”.
Плодотворно работал в области драматургии: его пьесы «Течет вода», «Комиссия», «Неоплаченный долг», они шли в театрах республики.
Ульмас Умарбеков занимался переводами болгарских писателей, ряд его произведений переведены на русский язык, украинский язык и другие, по его сценариям сняты художественные фильмы “Парень и девушка”, “Главный день”, “Ради других, ”Повесть о двух солдатах”.
Ульмас Рахимбекович Умарбеков удостоен премии за роман “Трудно быть человеком” и премии имени Хамзы за фильм “Повесть о двух солдатах”.
С 1974 года – директор киностудии “Узбекфильм”, Секретарь правления Союза кинематографистов Узбекистана.
Его произведения знакомят нас с культурой узбекского народа, традициями…
К 50-летию присвоено звание «Заслуженный деятель искусств Узбекистана»
А в 1992 году присвоен звание «Народный писатель Узбекистана».

Oʻlmas Umarbekov haqida.
Oʻlmas Umarbekov 1934 yili Toshkentda tug‘ilgan. O’rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgach, Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakultetiga kirib, 1956 yilda uni a’lo baholarga bitirdi. «Men ham yoshligimda ko‘p narsaga qiziqqanman, — deb hikoya qiladi yozuvchi.—Keyinchalik, uchuvchilikni orzu qilgan edim, bog‘bon ham bo‘lmoqchi bo‘lganman. Ammo adabiyot hamma orzularimdan kuchlilik qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘rta maktabni tugatganimda hech ikkilanmasdan Toshkent dorilfununining filologiya fakultetiga kirdim. Nazarimda, adashmagan ekanman. Endi bo‘lsa, adabiyotsiz, badiiy ijodsiz hayotimni tasavvur qilolmayman».
Oʻlmas Umarbekovning ijod yo’li.
Shunday iste’dod egalari borki, tengdoshlari va zamondoshlarining hurmat-e’tiborini qozonish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Buning ustiga o‘z zamondosh ustozlari e’zozidan , bahra topadilar. Ijoddagi bunday holat faqat o‘sha iste’dodning baxtigina bo‘lib qolmay, balki u mansub bo‘lgan adabiyotning ham omadi, ravnaqidan bir dalolatdir. Bizning adabiyotimiz baxtiga bunday chinakam iste’dod sohiblari anchagina.
O’lmas Umarbekov ham ana shunday iste’dodlar orasidan o‘ziga munosib o‘rin egallab kelayotgan sermahsul, hozirjavob adiblar sirasiga kiradi. Uning tarjimai holi ham o‘z tengdoshlariniki kabi oddiy.
Oʻlmas Umarbekovning qisslari va hikoyalari.
Mana, shunga ham qariyb o‘ttiz besh yil bo‘ldiki, u tinimsiz izlanish, ijod bilan band. Shu kungacha uning o‘nlab hikoyalari, qissalari, «Odam bo‘lish qiiyin» romani, «Qiyomat qarz», «Shoshma quyosh», «Oqar suv», «Sud», «Komissiya», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra», «Kurort», «Yer yonganda» kabi o‘nlab dramatik asarlari yaratildi. Shuningdek, «Ikki soldat haqida qissa», «Radi drugix», «Vstrecha u visokix snegov» kabi kinofilmlar uchun ssenariylar yozdi. «Odam bo‘lish qiyin» romani (1971) respublika komsomol mukofotiga, «Ikki soldat haqida qissa» (1977) Hamza nomidagi Respublika Davlat sovriniga, «Damir Usmonovning ikki bahori» qissasi esa (1984) N. Ostrovskiy nomidagi Butunittifoq adabiy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning tug’ilganiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi faxriy unvoni berildi. Va nihoyat, 1992 yilda «O’zbekiston xalq yozuvchisi” degan yuksak sharafga ega bo‘ldi.
Oʻlmas Umarbekovning faoliyati.
Oddiy jurialistlikdan ish boshlagan O’lmas Umarbekov bu yillar davomida respublika radiosida muharrir, bosh muharrir bo‘lib ishladi. 1971-1974 yillarda esa Uzkompartiya Markazqo‘mida avval madaniyat bo‘limida instruktor, so‘ng radio, televidenie sektorining mudiri bo‘lib xizmat qildi. Qariyb o‘n yilga yaqin «O’zbekfilm»ga boshchilik qildi. 1982 yilga kelib, O’zbekiston madaniyat vazirining o‘rinbosari, keyinroq vazir bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘p o‘tmay u O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasiga rais (1985) etib saylandi. Ayni chog‘da Osiyo va Afrika yozuvchilarining birdamlik qo‘mitasining raisi, O’zbekiston respublikasi Oliy Kengashi noibi etib saylandi. Nihoyat, 1989—1991 yillarda u Respublika Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishladi.
Oʻlmas Umarbekov xalq yozuvchisi.
U qaysi jabhada, nima ishda ishlamasin, ijodning qaysi turida, qaysi mavzuida asar yaratmasin, hamisha o‘z eli, yurti g‘ami bilan yashadi. Ular yelkasidagi turmush yukini yengillashtirishga intildi. Ayniqsa, badiiy asarlarida xoh u hikoya, xoh qissa yoki roman bo‘ladimi, xoh sahna asari bo‘ladimi, hamma-hammasida insonlardagi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni ardoqlashga, ulug‘lashga intilib keldi, xalq yozuvchisi darajasiga ko‘tarildi. Bu har bir ijodkor uchun katta baxt, hayot va ijod oldidagi maqsada hamdir. O’lmas Umarbekov ham shunday baxt qushi qo‘nganlardan biridir.