Omonulla Madayev (1942-2019) hayoti va ijodi

Omonulla Madayev

Omonulla Madayev haqida.

Omonulla Madayev 1942 yilning 20 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. 1964 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1958 yil Toshkent shahar 1- sonli maktab-internat oʻqituvchisi, 1964 yil Toshkent shahar 82-sonli oʻrta maktab oʻqituvchisi sifatida ishlagan.

Ijodi.

Toshkent davlat universitetidagi faoliyatini 1966 yili Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi katta yordamchisi boʻlib boshladi. 1982 yildan Toshkent davlat universitetining oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat olib borgan. 1973 yil “Xorazm xalq dostonlarining oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Omonulla Madayev yaratgan darsliklari.

U oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi. Jumladan, “Insho qanday yoziladi?” (1989), 7, 9-sinflar uchun “Vatan adabiyoti” darsligi, akademik litseylar uchun “Xalq ogʻzaki poetik ijodi” darsligi domlaning qalamiga mansub. Olim ilk bor abituriyentlar uchun darslar tashkil etgan pedagogdir.

Omonulla Madayev (1942-2019) hayoti va ijodi Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar

 

Ustoz ko‘p yillar davomida O‘zbek pedagogika maktabi, folklorshunoslik maktabi va jurnalistikasiga katta hissa qo‘shib kelgan atoqli olimlardan biri hisoblangan.

Olim jamiyatda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan o‘zining teran fikrlari, chuqur tahlili va o‘tkir so‘zlari bilan ajralib turgan. Omonulla Madayev Kun.uz bilan ham suhbatda jamiyat va til, tarbiya va axloq masalalariga alohida e’tibor qaratgan edi.

U o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, adabiyotshunoslik va pedagogikaga oid bir qator darsliklar muallifi hisoblanadi.

Omonulla Madayev (1942-2019) hayoti va ijodi Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar

Vafoti.

Olim 2019 yil 2 mart kuni 76 yoshida vafot etdi.

manba