Тухтабаев ХудайбердыXudoyberdi Toʻxtaboyev

Xudoyberdi Toʻxtaboyev

Биография

Современный узбекский детский писатель. Заслуженный работник культуры Республики Узбекистан, Народный писатель Узбекистана.

Худайберды Тухтабаев родился 17 декабря 1932 года в селе Катта Тагоб Ферганской области. Худайберды рано остался сиротой и его воспитанием занимались его дедушка и бабушка.

В 1949 году окончил Кокандское педагогическое училище, а в 1955 году — Ташкентский Государственный Университет (сейчас Национальный Университет Узбекистана).

Профессиональную деятельность начал в качестве учителя районной школы Ферганской области, позже работал заведующим учебной частью, директором школы.

Начиная с 1958 года Худайберды Тухтабаев на протяжении 14-ти лет в газетах «Вечерний Ташкент», «Советский Узбекистан» опубликовал более 300 фельетонов. Также печатался в журналах «Гулистан», «Звезда Востока», «Гулхан», «Гунча», «Молодая сила», в печатных изданиях «Молодая гвардия» и «Камалак».»

В 1958 году за короткое время в свет вышли книги «Молодая гвардия», «Тайна раскрыта», «Волшебная шапка».

Позже появились романы «Оманбай и Давронбай», «Конец жёлтого дива», «Годы и дороги», «Беш болали йигитча», «Касоскорнинг олтин боши», «Сехргарлар жанги ёки ширин ковунлар мамлакатида», «Жаннати одамлар».

Зарубежным читателям Худайберды Тухтабаев известен благодаря переведенной на русский (а также украинский, французский и ряд других языков) повести-сказке «Волшебная шапка».

Повесть «Волшебная шапка» — первая книга писателя, переведённая на русский язык. Хочется верить, что она доставит читателям немало радостных и весёлых минут.

Повесть — сказка, удостоена премии на Всесоюзном конкурсе на лучшую детскую книгу в 1970 года.

Xudoyberdi Toʻxtaboyev

Xudoyberdi To‘xtaboyev haqida.

Xudoyberdi To‘xtaboyev Farg‘ona viloyatining O’zbekiston tumanida 1933 yili tug‘ildi.

U o‘rta maktabni bitirgach, O’rta Osiyo dorilfununining filologiya fakultetida (1950—1955) ta’lim oldi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev faoliyati.

U ko‘p vaqt «Toshkent haqiqati», «Qizil O’zbekiston» ro‘znomalarida, «Guliston» oynomasida bo‘lim muharriri va boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. 1972—1977 yillarda «Yosh gvardiya» nashriyotida bosh muharrir, «Sharq yulduzi» oynomasida muharrir o‘rinbosari, hozir esa «Yosh kuch» oynomasining bosh muharriridir.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodiy faoliyati.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning ijodi asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli hikoyalar to‘plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to‘plami, «Sir ochildi» (1964) va «Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasining mehr-muhabbatini qozondi.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning romanlari.

U o‘zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning to‘g‘rilik, insonlarga bo‘lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi.

Bu jihatdan Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib»  (1969) va «Sariq devning o‘limi» (1973), romanlari 70-yillar o‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissadir. Shuningdek, X. To‘xtaboev «Besh bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston xalq yozuvchisidir (1991).

Eʼlon qilingan hikoya va toʻplamlari: “Shoshqaloq” (1961), “Soʻqmoqlar” (1966), “Muhabbat qoʻshigʻi” (1967), “Jonginam, shartingni ayt” (1969), qissalari: “Sir ochildi” (1961), “Omonboy bilan Davronboy sarguzashti” (1974), romanlari: “Sariq devni minib” (1968), “Sariq devning oʻlimi” (1973), “Besh bolali yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1981), “Yillar va yoʻllar” (1983), “Shirin qovunlar mamlkati” (1986), “Mungli koʻzlar” (1988), “Jannati odamlar” (1966), “Qiz talashgan oʻsmirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz bolaga tosh otmang”, barcha-barchasi, uning qizgʻin ijodiy faoliyatining samarasi boʻldi.

U bolalar adabiyotining chinakam jonkuyari sifatida «Kamalak» nashriyotida muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Bu ijodkor nomi  o‘zbek  jurnalistikasida  A. Qodiriy,  K. Aliev, V. Mahkamov, U.Yusupov singari feletonchilik borasia ham ma’lum va mashhur. Uning o‘tkir feletonlari 60—70-yillar publitsistikasining ajoyib namunalari sifatida jamiyatimizning salbiy illatlaridan qisman tozalanishida o‘z amaliy hissasini qo‘shgan.