Заработная плата учителей с 1 февраля1-fevraldan o’qituvchilarning oylik maoshi

Заработная плата учителей с 1 февраля.

С 1 февраля 2020 года заработная плата сотрудников бюджетных учреждений и организаций, а также пенсии, стипендии и надбавки увеличены в среднем на 7%.

С 1 февраля 2020 года на территории Узбекистана:

  • минимальная заработная плата составляет 679 330 сумов в месяц (сейчас 634 880 сумов);
  • размер расчета базовой пенсии — 238 610 сумов в месяц (в настоящее время 223 000 сумов);
  • размер расчета базовой пенсии — 238 610 сумов в месяц (в настоящее время 223 000 сумов);
  • Пособие по инвалидности по детству — 466 680 сумов в месяц (сейчас 436 150 сумов);
  • пособия для престарелых и инвалидов, не имеющих необходимого стажа работы — 286 390 сумов в месяц (на данный момент 267 650 сумов).

Как это выглядело, когда учителя повышали зарплату в среднем на 7%?

В следующей таблице указан размер заработной платы, которую учителя будут получать с 1 февраля 2020 года, в зависимости от их категории:

Мансаби Повышенное состояние Предыдущее состояние
O’rta maxsus 1.614.900 1.509.253
Mutaxassis 1.900.362 1.776.039
2-toifa 2.127.562 1.988.376
1-toifa 2.370.751 2.215.656
Oliy toifa 2.619.841 2.448.450

Обратите внимание, что эта информация рассчитывается на основе очного (1 балла) учебного времени учителя.

В этой таблице не учитываются стимулы к руководству в классе (до 100%), обзору тетрадей (до 50%) и профессиональным навыкам (до 40%).

С 1 октября текущего года доплата 242 тысячам классных руководителей в Узбекистане будет увеличена в полтора раза. Об этом заявил Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в своем выступлении на торжественной церемонии, посвященной Дню учителя и тренера.

 

1-fevraldan o’qituvchilarning oylik maoshi.

2020-yil 1-fevraldan byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlari ish haqi, shuningdek, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar o‘rtacha 7 foizga oshirilgan edi.

2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston hududida:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m (hozir 634 880 so‘m);
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m (hozir 223 000 so‘m);
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m (hozir 223 000 so‘m);
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m (hozir 436 150 so‘m);
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m (hozir 267 650 so‘m) miqdorida belgilandi.

O’qituvchilarning ish haqqi o’rtacha 7 foizga oshirilganda qancha ko’rinishga keldi?

Quyidagi jadvalda o’qituvchilarning mansab toifasiga qarab 2020-yil 1-fevraldan boshlab qancha maosh olishi summasi ilgarigi holati bilan keltirilgan:

MansabiOshgan holatiAvvalgi holati
O’rta maxsus1.614.9001.509.253
Mutaxassis1.900.3621.776.039
2-toifa2.127.5621.988.376
1-toifa2.370.7512.215.656
Oliy toifa2.619.8412.448.450

Eslatma, ushbu ma’lumotda o’qituvchining to’liq stavka (1 stavka) dagi dars soati bo’yicha hisoblangan.

Ushbu jadvalda sinf rahbarligi, (100% gacha), daftar tekshirganligi (50% gacha) va  kasb mahorati (40% gacha) beriladigan rag’batlantirishlar hisobga olinmagan.

Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim barobar oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ma’lum qildi.

Prezident sinf rahbarlarining mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatini munosib rag‘batlantirish chorasi ko‘rilayotganini, xususan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab 242 ming nafar sinf rahbari uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori bir yarim barobar oshirilishini aytib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, mazkur maqsadlar uchun yillik 400 milliard so‘mdan ziyod qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiriladi.

“Jamiyatda ustoz va murabbiylarga qaratilayotgan e’tibor tufayli qariyb 15 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi. Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, hali bu borada ko‘zlangan natijaga erishganimiz yo‘q. Hozirgi kunda ham xalq ta’limidagi pedagoglarning qariyb 70 foizini ayol o‘qituvchilar tashkil etmoqda.
Albatta, hammamiz maktab davrini eslaganimizda, ko‘z oldimizga avvalo, talabchan va mehribon sinf rahbarimiz keladi. Nima uchun? Chunki, maktabdagi har bir qadamimiz mana shu aziz va olijanob insonlarning doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligida bo‘lgan. Hayotga ilk yo‘llanmani ham bizga mana shu ustozlarimiz bergan”

, deya ta’kidladi davlat rahbari.
U so‘zida davom etib, bugun imzolangan Farmon bilan birinchi marta 14 nafar sinf rahbari davlat orden va medallari bilan taqdirlanganini qayd etdi.
Prezident o‘qituvchilarning doimiy va uzluksiz psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi hududiy malaka oshirish institutlarida sinf rahbarlarini tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini tashkil etish kerakligini qo‘shimcha qildi.

“Bugungi kunda jamiyatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning qaddi, sha’ni va g‘ururi tiklanayotgani barchamizni quvontiradi.
Ayni vaqtda bu o‘ta muhim masala eng dolzarb vazifamiz ekanini alohida ta’kidlab, uni amalga oshirish butun jamiyatimizning burchiga aylanishini istardim.
Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”

, dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.