2023 yil maktab imtihonda testlar mantiqiy bo’ladi

Joriy yilning may va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

  • 9-sinf o‘quvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar joriy yilning 1-6 may kunlari o‘tkaziladi.
  • Shuningdek, 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 15-iyuniga qadar tashkil etiladi.

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat hamda chet tili bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarda muayyan fandan ozod etiladi.

Xabarda aytilishicha, imtihon materiallari namunalari 2023-yilning 1-apreliga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.