my.dtm.uz saytidan ro’yxatdan o’tishda tanlov ustuvorligini belgilash, to’liq ro’yxatdan o’tish bo’yicha quyidagi havolaga kirib ko’rishingiz mumkin.
Javoblar varaqasi 2022 yuklab olish >>
Majburiy fanlardan testlar >>>
Mutaxasislik fanlardan testlar >>>
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.
Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
Davlat grantini tanlasa – tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa – oldingi yillardagi kabi har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.