Chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya berish

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga binoan chet tili imtihoni natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Shuningdek, mazkur qarorda apellatsiya shikoyati talabgor tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda to‘ldirilishi belgilangan.

Ya’ni chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya berish my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi (my.gov.uz/oz/service/564).

Chet tili imtihoni natijalari yuzasidan apellatsiya berish

Talabgor test natijasi yuzasidan apellatsiya shikoyatini test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida berishi mumkin.

Cefr imtihoni haqida

Cefr imtihoni test namunalari

Aptis for teacher testi.

Apellatsiya shikoyati Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 hafta mobaynida ko‘rib chiqiladi va talabgor Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.gov.uz sayti orqali xabardor qilinadi.