​​TOEFL ITP nima?

​​TOEFL ITP​​TOEFL ITP (Test of English as a Foreign Language) – 14 yoshdan boshlab ona tili ingliz tili bo‘lmagan o‘quvchi, abituriyent, talaba, magistrant va mutaxassislarning ingliz tilini bilish darajasini baholovchi xalqaro test sinovi.

​​TOEFL ITP testi talabgorlarning ingliz tilini bilish darajasini tez, qulay, hamyonbob, obyektiv va ishonchli baholash imkoniyatini beradi.

CEFR test namunalari

Test sinovning o‘ziga xos xususiyati test sinovi onalyn o‘tkaziladi va talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

TOEFL ITP test sinovida tilni bilish darajasi 3 ta ko‘nikma bo‘yicha baholanadi:

Tinglab tushunish – umuta’lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida ishlatiladigan og‘zaki ingliz tilining tinglash qobiliyatini baholaydi.

Aptis testi haqida bilasizmi?

Tilning tuzilishi va yozilishi – ingliz yozuvidagi ba’zi tizimli va grammatik muammolarni aniqlash qobiliyatini baholaydi.

O‘qish – haqiqiy akademik o‘qish materiallarini o‘qib tushunish qobiliyatini baholaydi.

Test sinovida jami 140 ta test topshirig‘i beriladi va ularni bajarish uchun 1 soat-u 55 daqiqa vaqt ajratiladi.

Chet tili sertifikatlari haqida 

TOEFL ITP test sinovi tashkilotchisi Educational Testing Services (ETS) bo‘lib, test sinovi haqida to‘liq ma’lumot bilan ets.org/toefl_itp sayti orqali tanishish mumkin.

manba