26-27-28-dekabr kunlari Yozish ko’nikmasining natijalari e’lon qilindiY

yozish ko'nikmasi

Diqqat .Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama haq belgilash uchun 2021-yil 26-27-28-dekabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarining «yozish» ko‘nikmasi bo‘yicha natijalari e’lon qilindi.

O‘qituvchilar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytidan “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

«Yozish» ko‘nikmasi bo‘yicha 60 foiz va undan yuqori ball olgan o‘qituvchilari uchun «gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihoni vaqti va manzili tez orada nomzodning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

dtm.uz