C1 daraja uchun ingliz tilidan test sinovi formatiga o‘zgartirishlar kiritildi

C1 daraja uchun ingliz tilidan test sinovi formatiga o‘zgartirishlar kiritildiDavlat test markazi Ilmiy-metodik kengashining 2022-yil 28-yanvarda o‘tkazilgan 1-son yig‘ilishida chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlarining B1, B2 hamda C1 darajalari uchun ishlab chiqilgan yangi test spetsifikatsiyalari loyihasi ko‘rib chiqilib, kengash a’zolari tomonidan ma’qullandi hamda yangi test spetsifikatsiyalarini mart oyidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishi belgilandi.

Shu sababli, mart oyida bo‘lib o‘tadigan C1 daraja uchun ingliz tilidan test sinovi formati o‘zgarmoqda. Unda quyidagi o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan:

Tinglab tushunish bo‘limi 5 qismga ajratildi. Bo‘limga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.

O‘qish bo‘limida beriladigan badiiy matnlar chiqarib tashlandi.

Leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limi 3 qismga ajratildi. Bo‘limga muqobil javobli test topshiriqlari bilan birgalikda moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari kiritildi.

Yozish bo‘limida topshiriqlar uchun belgilangan ballar nisbati o‘zgardi: 1-topshiriq uchun 10 ball, 2-topshiriq uchun 15 ball, 3-topshiriq uchun 5 ball tarzida qayta taqsimlandi.

🔗 Yangi test sinovi formati va test namunalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🔹 https://dtm.uz/page/test_sinovlari_formati

🔹 https://dtm.uz/page/test_namunalari

Izoh: ushbu o‘zgarishlar mart oyidan boshlab o‘tkaziladigan test sinovlariga tatbiq etiladi.