Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish vaqtincha qoldirildi.

chet tili cefrMa’lumki, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 21-22- va 24-yanvar  kunlari o‘tkazilishi e’lon qilingan edi.

Keyingi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarining ortib borayotganligi, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining 2022-yil 15-yanvardagi qarori asosida turli ommaviy  tadbirlar tashkil etish taqiqlanganligi va karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini saqlash ustuvor maqsad ekanligini hisobga olib, 2022-yil 20-24-yanvar kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish vaqtincha qoldirildi.

Pandemiya sharoitini hisobga olgan holda mazkur imtihonlarni o‘tkazish rejasi ishlab chiqilgach, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, telegram kanali, talabgorlarning shaxsiy kabineti hamda SMS xabarnoma orqali imtihon sanalari haqida ma’lum qilinadi.

O’zingizni asrang!

Manba