Gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

ustama natijalari

Ustama test natijalari e’lon qilindi. 2022-yil 11-17-fevral kunlari chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga ustama haq belgilash test sinovlarining ikkinchi bosqichi, ya’ni «gapirish» ko‘nikmasini baholash imtihonlari o‘tkazilgan edi.

Mazkur imtihon natijalari Davlat test markazining my.dtm.uz saytida e’lon qilindi.

O‘qituvchilar imtihon natijalarini my.dtm.uz saytidan “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

 Gapirish ko‘nikmasi bo‘yicha maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan o‘qituvchilar test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

 Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilar tegishli ma’lumotnomani 2022-yil 4-mart kunidan boshlab Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlaridan olishlari mumkin.