Qishki ta’til 18-yanvargacha uzaytirildi.. Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.
Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi. Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.
Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi. Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.Qishki ta’til 18-yanvargacha uzaytirildi.
Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi