Qo’qon olimpiadasi viloyat bosqichi natijalari

2021-yil 20-21-fevral kunlari matematika fanidan umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida Qo‘qon olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazilgan edi.

 Mazkur olimpiadaning natijalari Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portaliga joylashtirildi.

Olimpiadaning viloyat bosqichida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan my.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

 Natijalarni hisoblashda standart testlarning har bir to‘g‘ri javobiga 2,1 balldan, mantiqiy test topshiriqlariga 3,2 balldan, nostandart test topshiriqlariga 4,3 balldan berilgan.

 


Kechirasiz, bu mumkin emas.