Sertifikatga ega rus tili fani o’qituvcilariga ustama haq to’lab beriladi

Sertifikatga ega rus tili fani o'qituvcilariga ustama haq to'lab beriladi

Sertifikatga ega rus tili fani o’qituvcilariga ustama haq to’lab beriladi. 2022-yil 1-fevraldan boshlab taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida S1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga 50% miqdorida ustama toʻlanadi.

Ushbu ustamalarni oʻz vaqtida toʻlab borilishini taʼminlash boʻyicha hududiy xalq taʼlimi boʻlinmalariga vazirlikning koʻrsatmasi berildi.