Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari to’plami

Оглавление/Munadarija

zahriddin muhammad boburZahriddin Muhammad Bobur g’azallari to’plami. Bobur Eng sara g’azallar to’plami. Bobur g’azallari ni yod oling.

“Yaxshilig‘” radifli g’azal

Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’,
Kimki ondin yaxshi yo’q, ko’z tutma ondin yaxshilig’.

Bu zamonni naf’i qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko’rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig’.

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko’ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.

Ey ko’ngul, chun yaxshidin ko’rdung yomonlig’ asru ko’p,
Emdi ko’z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig’.

Bori elga yaxhshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’.

Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko’rubtur, ey ko’ngul, ahli jahondin yaxshilig’.

Boburxonlik ssenariylari, bukletlar

***

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,
Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

* * *

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur,
G’uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur.

Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida,
Gul uza og’nar, magar, ul ikkining davronidur.

O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay,
Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur.

Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur!
Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg’onidur!

Lojaram bo‘lg’ay parishon-u havoyi men kibi,
Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur.

Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur.
Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.

Ko’proq g’azallar