🔰 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan namunaviy test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlandi.
☑️ Bunda o‘quvchilar 5- va 7- savollar asosida imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi.
❗️Ayrim telegram kanallarda vazirlik tomonidan e’lon qilingan 9-sinf matematika fanidan namunaviy nazorat materiallari (https://t.me/uztdi/8307)dagi 5- va 7-savollardagi topshiriqlar beriladi deb noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Vazirlik tomonidan e‘lon qilingan (https://t.me/uztdi/8307) savollar asosida 9- va 11-sinflar yakuniy attestatsiyasi uchun variantlar qayta shakllantiriladi.
Ya’ni 9-sinf matematika uchun baholash mezoniga ko‘ra 10 ta mavzuning har biridan bittadan savol tanlab olinadi. Barcha savollar avval e’lon qilingan to‘plamdan olinadi, biroq o‘quvchi imtihonda aynan qaysi savolga javob berishini avvaldan bila olmaydi.
Eslatma: Shu bilan birga, bu yildan boshlab har bir o‘quvchiga A4 formatdagi 3 dona qog‘oz blankalar tarqatiladi.
Avval har bir o‘quvchi 12 varaqli daftarga yozgan bo‘lsa endi bunday holatga ehtiyoj qolmaydi.
↗️ Yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazish va baholash mezonlari hududiy boshqarmalar orqali barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktablariga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz : Imtihon javoblari 2024