Kundalik com. Kundalik.com dan ro‘yxatdan o‘tish

Kundalik com. Kundalik.com dan ro‘yxatdan o‘tish bo’yicha yo’riqnoma ni taqdim etamiz.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uchun siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:

ta’lim tashkilotida ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanuvchi nomi va vaqtinchalik parolni oling;
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida kiritiladigan login va parolni olish uchun, ota-onalar va o‘quvchilar ta’lim tashkilotidagi ma’lumotlarni to‘ldirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan xodim, ya’ni, ta’lim tashkilotining ma’muri bilan bog‘lanishlari kerak. Agar ma’mur haqida ma’lumot bo‘lmasa, u holda sinf rahbariga murojaat qilish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida kiritiladigan login va parolni olish uchun xodimlar ta’lim muasasasining ma’muriga murojaat qilishlari kerak. Ta’lim tashkiloti ma’murlari to‘g‘risidagi ma’lumotni direktordan olish mumkin.

tizimga ushbu https://kundalik.com havola orqali o‘ting;
«Kirish» tugmasini bosing;

mceclip0.png

berilgan foydalanuvchi nomi va parolni tegishli maydonlarga kiriting va «Kirish» tugmasini bosing;

ro‘yxatdan o‘tish sahifasidagi «Shaxsiy ma’lumotlar» yorlig‘ida kiritilgan ma’lumotlarni tekshiring va «Keyingi» tugmasini bosing;

mceclip2.png

Eslatma: agar shaxsiy ma’lumotlarda xato topilsa, uni tuzatish uchun administrator yoki sinf rahbariga murojaat qilishingiz kerak.

«Xavfsizlik choralari» bo‘limida elektron manzilini va maxfiy savol tanlab javobini ko‘rsating;
Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida siz kirish huquqiga ega bo‘lgan elektron pochta manzilini ko‘rsatishingiz kerak.

mceclip3.png

Eslatma: elektron pochta manzilini kiritish — sahifani himoya qilish va tizimda login va parol yo‘qolgan taqdirda tez va mustaqil ravishda tiklanishi uuchun kerak.

Parolni tiklash yo’qnoma.

talablarga javob beradigan yangi parolni kiriting;

ro'yxatdan o'tish

birinchi kirishingizda Tizim vaqtinchalik (ro‘yxatdan o‘tish) parolini doimiyga o‘zgartirishni taklif qiladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini tugatgandan so‘ng siz loginingizni shaxsiy profilingiz sozlamalarida faqat 1 marta o‘zgartirishingiz mumkin.
_________.png Xavfsizlik nuqtai nazaridan, boshqa shaxsning yoki ommaviy elektron pochta manzillarini kiritish Tavsiya etilmaydi.

Kundalikcomga kirish video yo’riqnoma