Kundalik com Xodimlar uchun login va parolni tiklash tartibi

Xodimlar uchun login va parolni tiklash tartibi. Kundalik.com ni o’rganish bo’yicha rasmli yo’riqnoma.

Qo’llab-quvvatlash xizmati, faqat xodim maktabda bitta maʼmur boʼlib, kirish maʼlumotlarini oʼz kuchi bilan tiklay olmagan xoldan tashqari, taʼlim tashkilotlari xodimlariga kirish huquqini tiklamaydi.

Parolni tiklash uchun yo’riqnoma

Аgar xodim kirish maʼlumotlarini oʼz kuchi bilan tiklay olmasa, nima qilish kerak?

Аgar xodim Tizimga kirish uchun maʼlumotlarni yoʼqotib qoʼygan boʼlsa va uni oʼz kuchi bilan tiklay olmasa, u oʼzining taʼlim tashkiloti maʼmurlari bilan bogʼlanishi lozim. Maʼmurlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar tashkilotning profilida «Maʼmurlar» blokida joylashgan.

Аdministrator uchun kirish maʼlumotlarini tiklash boʼyicha yoʼriqnoma

Taʼlim tashkiloti administratori oʼz tashkilotining foydalanuvchilari uchun kirishni oʼz kuchi bilan tiklash imkoniyatiga ega.

Muhim: profil egasi tomonidan tiklash soʼrovi yuborilganiga ishonch hosil qilingandan soʼnggina, taʼlim tashkilotining maʼmuri kirish maʼlumotlarini tiklashi mumkin. Kirish maʼlumotlarini tiklash va foydalanuvchi profilidan parolni uchinchi tomonga berish qatʼiyan man etiladi.

Аgar administrator kirish maʼlumotlarini oʼz kuchi bilan tiklay olmasa, nima qilish kerak?

Аgar taʼlim tashkilotining maʼmuri Tizimga kirish uchun maʼlumotlarni yoʼqotib qoʼygan boʼlsa va ularni oʼz kuchi bilan tiklay olmasa, unga quyidagi harakatlarni bajarish kerak boʼladi:

taʼlim tashkilotining boshqa maʼmurlari bilan bogʼlanish;
agar taʼlim tashkilotining boshqa maʼmurlari boʼlmasa, qoʼllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish.
Qoʼllab-quvvatlash hizmati, administratorga kirish huquqini, quyidagi shartlarga rioya qilgan holdagina tiklaydi:

kirishni tiklash uchun toʼldirilgan arizaning skanerlangan shakli yuborilgan (shaklda hozirgi direktorning imzosi va tashkilotning muhri boʼlishi kerak);
kirishni tiklash toʼgʼrisida soʼrovnoma va ariza taʼlim tashkilotining rasmiy pochtasidan yuborilishi kerak (tizimda oʼrnatilganidek);
taʼlim tashkilotining elektron profilida boshqa maʼmurlar yoʼq yoki hozirda boshqa maʼmurlar orqali kirish huquqini tiklash imkoniyati yoʼq (ular taʼtilda / tugʼruq taʼtilida).
Аgar tepadagi shartlarning kamida bittasi bajarilmasa, maʼmurga kirishni tiklash haqida soʼrovi rad etiladi.

Tashkilotning yagona maʼmuri uchun ikkinchi marta kirishni qayta tiklash faqat Xalq Taʼlim Vazirligiga rasmiy murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

Eslatma: ariza shakli maqolaga ilova qilingan va yuklab olish uchun mavjud.

Kirishni tiklash arizasi yuklab olish

kundalik.com saytga o’tish >>