Eron tarixi

Оглавление/Munadarija

Eron tarixi — Forslar dastlab m. a. IX asrlarga oid Ossuriya manbalarida tilga olinadi. M. a. 556-550-yillarda Buyuk Kir II qadimgi dunyoda buyuk imperiyani yaratgan fors podsholari sulolasiga asos soldi.

Eron tarixi haqida.

Doro I (M. a. 522-486-yillarda) davrida imperiya o‘zining rivojlanish cho’qqisiga ko‘tarildi. Imperiya hududi Hindistondan 0‘rtayer dengizigacha kengaydi.

Misr, Kichik Osiyo va Frakiya yerlari imperiya tarkibiga kiritildi.

М. a. V asr oxirlarida forslaming ekspansiyasi greklar tomonidan to‘xtatildi. M. a. 330-yilda Fors imperiyasi Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari tomo­nidan zabt etildi.

M. a. 224-yilda mamlakatni to‘rt asr davomida idora qilgan sosoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Fors imperiyasi VI asr oxirlarida va VII asr boshlarida rivojlanishning eng yuqori darajasiga ko‘tarildi. Arablar bosqini imperiyani zaiflashtirdi, islom dini kiritildi. XI asrda mamlakat saljuqiy turklar tomonidan zabt etilgandan so‘ng islom-fors sivilizatsiyasi inqirozga uchradi. 1221 — 1222-yillarda Chingizxon, XIV asrda Amir Temur tomonidan bosib olindi. XVI asr boshlari­da mamlakat yana forslar — safaviylar sulolasi tomonidan boshqarildi.

Eron davlati va rasmlari

XVIII-XIX asrlarda bu hududda Eronni o‘z ta’siriga kiritishga intilgan Rossiya va Buyuk Britaniyaga qarshi kurashishgan bir qancha fors sulolalari almashdi. 1925-yilda hokimiyatga kelgan pahlaviylar sulolasi mamlakatni 1979-yilgacha shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukumatga qarshi chiqishlar natijasida taxtdan ag’darilguniga qadar idora qildi.

1934-yildan boshlab mamlakat Eron deb nomlana boshlandi. 1980-yilda Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilindi.

manba