Xitoy davlati tarixi

Оглавление/Munadarija

Xitoy davlati tarixi

Xitoy davlati tarixi haqida ma’lumot.

Xitoy davlati tarixi

Birinchi Xitoy sulolasi — Sin (m. a. XVIII-XI asrlar), m. a. XIV asrda In nomini olgan. M. a. III 1-yilda davlat chjou qabilalari tomonidan zabt etilgan. М. a. VII asrda Chjou davlati bir nechta podsholiklarga bolinib ketgan.

М. a. Ill asrda 36 ta provinsiyaga bolingan. Markazlashgan Sin imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu imperiya davrida xunnlar hujumidan himoyalanish maqsadida Buyuk Xitoy devori qurilgan. M. a. 206-yilda Sin imperiyasi o‘rnida paydo bo‘lgan Xan imperiyasi m. a. 140-87-yillarda o‘z rivojlanishi- ning eng yuqori cho’qqisiga chiqqan.

Hozirgi Xitoy davlati

Uch qirollik

«Uch qirollik» davridan keyin mamlakatda hokimiyat 907-yilgacha hukmronlik qilgan Tan sulolasi qo‘liga o‘tgan. 1226-yilda mo‘g‘ullar bosqinidan keyin mamlakatda mo‘g‘ullardan bo‘lgan Yuan sulolasi hukm surgan. 1368-yilda hokimiyat Xitoy imperatori qo‘liga o‘tadi va Min dinastiyasi davri boshlanadi. Xitoy hukmronlari 1628-1645-yillarda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun manchjur qabilalari ko‘magiga tayanadi. Manchjurlar 1644-yilda hokimiyatni qo‘lga kiritadi va 1912-yilgacha mamlakatni idora qiladi. Imperiya hududini Sibir, Oltoy, Pomir va Nepalgacha kengaytirgan manchjurlar hukumati XIX asrda ko‘plab ichki va tashqi muammolarga duch keladi.

1912-yilda Sun Yatsen Gomindan hukumatiga asos soladi. Sun Yatsen o‘limidan keyin Chan Kayshi guruhi kommunistlar bilan aloqani uzib Nankinda milliy hukumat tuzadi. 1938-yilda yapon qo‘shinlarining bostirib kirishidan keyin gomindanchilar bosqinchilarga qarshi kurashish uchun kommunistlar bilan birlashadilar. Xitoy davlati tarixi sizga yoqqan bo’lsa hozirgi xitoyni o’qing.

Hozirgi Xitoy davlati

Gomindanchilar mag‘lubiyatga uchrab, Tayvanga qochadi, kommunistlar esa Mao Szedun boshchiligida 1949-yil 1-oktabrda Xitoy Respublikasining tashkil topganini e’lon qiladi. Mao Sze Dun vafotidan so‘ng XXR raisi etib saylangan Den Syaopin mamlakatni siyosiy va iqtisodiy islohotlar yo‘liga boshladi. Natijada XXR dunyoning eng jadal rivojlanayotgan davlatlari qatoriga qo‘shildi.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Konstitutsiyaga ko‘ra xalq demokratik diktaturasi o‘rnatilgan sotsialistik davlat. Mamlakat tarkibida — 22 provinsiya, 5 avtonom hudud va 3 markaziy — Pekin, Shanxay va Tyanszin bor. Xitoy Xalq Respublikasi 1949-yil 1-oktabrda tashkil topgan.

1-oktabr — Milliy bayram — XXR e’lon qilingan kun. Ijro etuvchi hokimiyat XXR raisi (davlat boshlig‘i)ga, Umumxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasi raisi, Davlat Kengashi raisi (hukumat boshlig‘i)ga tegishli. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi — Umumxitoy xalq vakillari yig‘ilishi. Mamlakatda boshqa siyosiy partiyalar paydo bo‘lganiga qaramay, siyosiy hayotni Xitoy Kommunistik partiyasi belgilaydi.

Hozirgi Xitoy davlati

manba