Nima uchun erkaklar ayollarga nisbatan kamroq umr koʼradi?

Оглавление/Munadarija

Nima uchun erkaklar ayollarga nisbatan kamroq umr koʼradi?

Befarqlik.

Erkaklar ayollarga nisbatan kamroq umr koʼrishining asosiy sababi — ularning oʼz salomatligiga befarq munosabatda boʼlishida. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) «Farq — sogʼliqni saqlashga boʼlgan munosabatda. Erkaklar va ayollar bir xil kasallikka chalinganda, erkaklar ayollarga nisbatan kamroq shifokorga murojaat qiladi», — deyiladi hisobotda.

JSSTda taʼkidlanishicha, Yer yuzida eng keng tarqalgan 40 kasallikdan 33 tasi ayollarga qaraganda koʼproq erkaklarning hayot davomiyligiga salbiy taʼsir koʼrsatar ekan.

Boshqa sabablar

Erkaklar ayollarga nisbatan koʼproq oʼz joniga qasd qilishi maʼlum qilingan: oʼz joniga qasd qilgan erkaklar ulushi ayollarga nisbatan 75 foizga koʼp.

Yoʼllardagi oʼlim holati boʼyicha ham erkaklar koʼrsatkichi ayollarnikidan ikki karra ustun.

Qotillik natijasidagi oʼlim holatlari boʼyicha esa 4 baravar yuqori. erkaklar umr.

Tavsiya etamiz : foydali ma’lumotlar

manba : sog’lom hayot