Qarag’ay – ming dardga davo oʼsimlik ekan.

Qarag’ay foydasi.

Qaragʼay barglari tindirmasi peshob haydash tizimi ishini faollashtiradi.

Barglari va poʼstlogʼi tarkibidagi efir moyli birikmalar viruslarga qarshi kurashish va bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ega.

Qaragʼay moyi zoʼriqishni bartaraf qiladi, asabiylikni davolaydi, terining himoya tizimini kuchaytiradi.

Zaharli buqoq kasalligi haqida >>

Revmatizmda foydasi.

Revmatizmda qaragʼay ignabarglari tindirmasi yaxshi foyda beradi.

Milklar qonashida yangi uzilgan qaragʼay shoxchalari, gʼuddalari qaynatmasi bilan ogʼiz gʼargʼara qilinsa, shifo boʼladi.

Qaragʼay shoxchalari va barglarini solib, issiq vanna qilinsa, bel ogʼrigʼi (radikulit)ni davolashda yaxshi naf beradi.

Bronxit va astmada qaragʼay mumi qoʼshilgan bugʼli ingalyatsiyadan nafas olish yordamida davolanish mumkin.

Ko’z xiralashish holatlari haqida >>

Manba