Munadarija
Tabiiy yogurt.
Tabiiy va mevali yogurtni solishtirganda, albatta tabiiy yogurt afzal. Sababi oddiy, mahsulot qadogʼiga qarasangiz qiymati va tarkibida hamda yaroqlilik muddatidagi farqlarni koʼrasiz.
Tabiiy yogurtni 10 kundan ortiq saqlab boʼlmaydi!
Tabiiy yogurt foydalari:
- Kamroq kaloriyaga ega
- Oqsili ikki barobar koʼp
- Kaltsiy koʼproq
- Tarkibida shakar yoʼq
Tabiiy yogurtni (naturalьnыy yogurt) sotib olishingiz yoki uyda tayyorlashingiz mumkin!
![]() |
Sotuvdagi shirinliklardan istemol qilish kerakmi? |
Kerak boʼladigan mahsulotlar:
- 1 l sut
- maxsus yogurt achitqisi
- tabga koʼra shakar va mevalar
Tayyorlanishi:
- Sut qaynatilib, xona haroratigacha sovutiladi.
- Sutga maxsus yogurt achitqisi (doʼkonda sotiladi) qadogʼida koʼrsatilgan miqdorda solinadi va aralashtiriladi.
- 8-10 soat iliq joyga qoʼyiladi.
- Yogurt tayyor!
![]() |
Kakaoning foydasi haqida >> |