Xitoy davlati haqida, poytaxti, pul birligi

Xitoy davlatiXitoy davlati haqida ma’lumotlar. Rasmiy nomi — Xitoy Xalq Respublikasi.

Xitoy Poytaxti.

Poytaxti — Pekin. Hududi — 9597000 km.kv. Aholisi – 1 mlrd 330 mln kishidan ortiq (2013). Davlat tili xitoy tilining mandarin dialekti. Dini — konfutsiylik, daosiylik, buddaviylik, xristianlik, islom. Pul birligi — yuan.

Geografik joylashuvi va tabiati.

Osiyoning sharqidagi davlat. Shimoli sharqda (chegara uzunligi — 3633 km) va shimoli g‘arbda Rossiya (40 km), shimolda Mongoliya (4670 km), shimoli sharqda Shimoliy Koreya (1416 km), shimoli g‘arbda Qozog‘iston (1533 km) va Qirg‘iziston (858 km), g‘arbda Pokiston (523 km), Tojikiston (414 km), Afg‘oniston (76 km), janubi g‘arbda va janubda Hindiston (3380 km), janubda Myanma (2185 km), Vyetnam (1281 km), Nepal (1236 km), Butan (470 km), Laos (423 km) janubi sharqda Makao (0,34 km) bilan chegardosh. Janubda Janubiy Xitoy dengizi, sharqda Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan tutash.
Chegarasining umumiy uzunli­gi — 22140 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 14500 km. Xitoy hududining kattaligi jihatidan dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Xitoyning janubida Nanlin va Yunnan-Tuychjou tog‘lari qad ko‘targan. Janubi g‘arbda Himolay-qaraqurum, Nanshanya, Kunlenya togiari bilan o‘ralgan. 0‘rtacha balandligi taxminan 4500 m bo‘lgan Tibet tog‘lari joylashgan. Nepal bilan chegarada dunyodagi eng baland cho‘qqi Jomolungma (Everest — 8848 m) joylashgan.
G’arbda va shimoli g‘arbda Tokla-Makan cho‘li yotadi. Xitoyning shimolida Gobi cho‘li yoyilgan. Shimoli sharqda Katta Xingan, Kichik Xingan tog‘lari joylashgan. Asosiy daryolari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Sinszyan. Yerosti boyliklari quyidagilarga boy: temir rudasi, ko‘mir, neft, simob, volfram, qalay, surma, marganes, molibden, rux, qo‘rg‘oshin, aluminiy, uran. Haydaladigan yerlar umumiy maydoning — 10%, o‘tloq va maysazorlar — 31% ini egallaydi.

Iqlimi

Iqlimi — hududining kattaligi tufayli iqlim turlicha: mo’tadil, subtropik va tropik. Xitoyning o‘simlik dunyosi xarakter jihatidan ikki zonaga: sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘linadi. Sharqiy qismda o‘simliklar turi 25000 dan ortiq. G‘arbiy qismda o‘simliklar ko‘proq bir yillikka ega. Braxmaputra vodiysida ignabargli o‘rmonlar: qarag‘ay va kedrning har xil turlari o‘sadi. Bo‘ri, tulki, ayiq, yo‘lbars, sibir suvsari, sibir ko‘zani, oq sichqon, olmaxonlar va boshqalar yashaydi.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. 

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Konstitutsiyaga ko‘ra xalq demokratik diktaturasi o‘rnatilgan sotsialistik davlat. Mamlakat tarkibida — 22 provinsiya, 5 avtonom hudud va 3 markaziy — Pekin, Shanxay va Tyanszin bor. Xitoy Xalq Respublikasi 1949-yil 1-oktabrda tashkil topgan. 1-oktabr — Milliy bayram — XXR e’lon qilingan kun. Ijro etuvchi hokimiyat XXR raisi (davlat boshlig‘i)ga, Umumxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasi raisi, Davlat Kengashi raisi (hukumat boshlig‘i)ga tegishli. Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi — Umumxitoy xalq vakillari yig‘ilishi. Mamlakatda boshqa siyosiy partiyalar paydo bo‘lganiga qaramay, siyosiy hayotni Xitoy Kommunistik partiyasi belgilaydi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari.

XX asrning 80-yillarida Xitoy rahbarlari mamlakatni markazlashtirilgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tkazishga kirishdi. Xitoy davlati. Buning uchun qishloq xo‘jaligida kollektivlashtirishdan fermerlik tizimiga o’tildi. Qishloq xo‘jaligi yalpi milliy mahsulotning 30%ini ta’minlaydi. Sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlari — metallurgiya, mashinasozlik, ko‘mir qazib olish, neft qazib olish, to‘qimachilik, kimyo, harbiy sanoat. Asosiy savdo hamkorlari: Gonkong, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Tayvan, Germaniya. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — taxminan 54000 km. Avtomobil yollari — 1300000 km, ichki suv yo‘llari — 138600 km. Asosiy portlari: Guanchjou, Dalyan, Sindao, Shanxay. Xitoy davlati.

Xitoy Bayrog’i

xitoy bayrog'i

Xitoy davlati tarixi