Qirg’iziston davlati

Qirg’iziston davlati.

Rasmiy nomi — Qirg‘iziston Respublikasi.  Hududi — 198500 km.kv. Aholisi – 5,5 mln.dan ortiq (2012-yil). Davlat tili — qirg‘iz. Dini — islom, shuningdek, xristianlar ham bor. Pul birligi — som.

Poytaxti.

Poytaxti — Bishkek.

Geografik joylashuvi va tabiati.

O‘rta Osiyoning shimoli sharqidagi davlat. G’arbda 0‘zbekiston (chegara uzunli 1099 km), shimolda Qozog‘iston (1051 km), janubda Tojikiston (870 km) va Xitoy (858 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning shimoliy sharqida Tyan-Shan (eng baland nuqtasi — 7439 m), janubi g‘arbda Pomir-Oltoy tog‘ tizmasi joylashgan. Asosiy daryosi-Norin. Eng katta ko‘li — Issiqkoi.
Yer osti boyliklari — oltin, surma, ko‘mir, neft, gazga boy. Haydaladigan yerlar hududining 7%, o‘tloq va maysazorlar 42% ini egallaydi. Iqlimi — kontinental.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. 

Dav­lat tuzilishi — respublika. Mamlakat 6 viloyatga bo‘linadi. Qirg‘iziston 1991-yil SSSRning parchalanishi- dan keyin mustaqillikka erishgan. Milliy bayrami — 31-avgust — Mustaqillik kuni. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va hukumat boshlig‘i premyer-ministrga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament amalga oshiradi. Siyosiy partiyalari: Qirg‘iziston Demokratik harakati, Qirg‘izis- ton Respublika partiyasi, Erkin Qirg‘iziston, Qirg‘izis­ton kommunistlar partiyasi.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyasi.

Mam­lakat bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida turibdi. Birmuncha rivojlangan sanoat tarmoqlari rangli metal- lurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlari, chorvachilik, paxtachilik va boshqalar. Asosiy savdo hamkorlari — Rossiya, Ukraina, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa MDH mamlakatlari. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 370 km. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 30300 km.

Bayrog’i

Qirg'iziston davlati tarixi