Mehmon haqida maqollar

Mehmon haqida maqollar to’plami. Bu maqollar mehmondo’stlik va mehmonlarga bo’lgan hurmatni ifodalaydi. Ushbu maqollar Mehmonlarni qabul qilgan joyda, ularning qadriga yetish va ularga e’tibor berish zarurligini bildiradi.

Mehmon haqida maqollar.

“Mehmon kelgan joyda, mehmonlar qadrli.”

“Mehmon kelsa, o’zini ulug’lash.”

“Mehmon—xudoning inoyati.”

“Mehmonni do’st deb bil, lekin ko’proq hurmat qil.”

“Mehmon uchun darvozani och, lekin xonani toza tut.

Birinchi kun mehmon — oltin mehmon,
Ikkinchi kun — kumush,
Uchinchi kun — mis,
Uchdan o’tsa — pes.

Borini bergan uyalmas.

Yo’lli kishining mehmoni bir kelar.

Yo’qcha guruch osh bo’ladi,
Mehmon ko’ngli shod bo’ladi.

Kelguncha mehmon uyalar,
Kelgandan so’ng mezbon uyalar.

Mehmon kelsa choptirar,
Bor-yo’g’ingni toptirar.

Mehmon kelsa, et pishar,
Et bo’lmasa, bet pishar.

Mehmon ko’rki — dasturxon.

Mehmon mezbonga aziz,
Mezbon — mehmonga.

Mehmon mehmonni sevmas,
Mezbon hammasini sevmas.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

-Mehmon nosi uch kundan keyin sasir.

-Mehmon oz o’tirar, ko’p ko’rar.

-Mehmon oz o’tirsa ham, ko’p sinar.

Mehmon — otangdan ulug’.

Maqollar mehmon haqida.

Maqollar mehmon haqida.

Chaqirilmagan mehmon —
Sariq itdan yomon.

Chaqirilmagan qo’noq —
Yo’nilmagan tayoq.

Shirin choying bo’lmasa,
Shirin tiling bo’lsin.

-Shirin oshing bo’lmasin,
-Shirin so’zing bo’lsin.

Shirmoy noningni berma,
Shirin so’zingni ber.

Erta borsang, et pishar.

Kechga qolsang, bet pishar.

Eshikdan kelganni it qopmas.

Yuzta siz-bizdan,
Bitta jiz-biz yaxshi.

O’zi kelgan mehmon — atoyi xudo,
Chaqirib kelgan mehmon — gadoyi xudo.

Qo’nguncha qo’noq uyalar,
Qo’ngandan keyin — uy egasi.

Qo’noq bir kun qo’nsa — kut,
Ikki kun qo’nsa — yut.

Qo’noq oshi yo’lga yaxshi.

Qo’noq to’ydim, deydi,
Uy egasi yoqtirmadi, deydi.

Qo’noq qo’ydan ham yuvvosh,
Moy bersang ham, yeyaveradi.

Qo’noqqa osh ber, otiga — yem.

Hurag’on it egasiga qo’noq keltirar.

Manba : Ziyouz.com