Vatan haqida maqollar

Vatan haqida maqollar to’plami. Bolajonlar uchun Vatan haqida maqollar 10 ta,20 ta, 30 ta, ona vatan haqida maqol, Eng sara Vatan haqida maqol bolalar uchun etiboringizga havola etamiz.

Vatan haqida maqollar.

Aylanasi ovuli,
To’garagi to’rkuni.

Ayrilmagin elingdan,
Quvvat ketar belingdan.

Badqavm bo’lsang bo’l,
Beqavm bo’lma.

Baliq suv bilan tirik,
Odam — el bilan.

Begona tuproq — devona tuproq.

Betkay ketar, bel qolar,
Beklar ketar, el qolar.

Birovning yurtida bek bo’lguncha,
O’zingning yurtingda it bo’l.

Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.

Bulbulga bog’ yaxshi,
Kaklikka — tog’.

Vatan haqida maqol 10 ta.

Vatan haqida maqol 10 ta

Bilib qo’y : Vatan gadosi — kafan gadosi.

Vatan uchun o’lmoq ham sharaf.

Bilganing yaxshi : Vatan qadrini bilmagan o’z qadrini bilmas.

Vatanga kelgan — imonga kelar.

Vatanga falokat — o’zingga halokat.

Vatangado bo’lguncha,
Kafangado bo’l.

Vatandan yiroqlashgan — nomusdan o’lar.

Vatani borning baxti bor,
Mehnati borning — taxti.

Vataning tinch — sen tinch.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar to’plami

Vatanni sotgan er bo’lmas.

Ona vatan haqida maqol.

Ona vatan haqida maqol.

Vatanning vayronasi — Umrning g’amxonasi.

Vatanning vayronasi — Umrning hayronasi.

Vatansiz inson — kuysiz bulbul.

Dindan chiqsang ham, eldan chiqma.

Dushmanga nafrati bo’lmaganning Vatanga muhabbati bo’lmas.

Yordan ayrilsang ham, eldan ayrilma.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar, Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar.

Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan.

Yigit g’ami elida, Elning g’ami dilida.

Kiymoqqa katan yaxshi, Turmoqqa vatan yaxshi.

Kishi yerida sulton bo’lguncha,
O’z elingda cho’pon bo’l.

Kishi yurtida sulton bo’lguncha,
O’z yurtingda ulton bo’l.

Kishi yurtida shoh bo’lguncha,
O’z yurtingda gado bo’l.

Ko’lning otini balig’i chiqarar.

Suvni bersang elga,
Yasharsan ming yilga.

Tovushqonga tug’ilgan tepasi aziz.

Tuqqan yerda tug’ing tik.

Tuqqan elga jon tortmasa ham, qon tortar.

Tug’ilgan yerdan ko’ngil uzilmas,
Yurt qo’riganning yurti buzilmas.

Tug’ilgan yering — Vataning,
Vataning — nomusing.

To’ygan yerdan tuqqan yer yaxshi.

Ursa ham, el yaxshi,
So’ksa ham, el yaxshi.

Fil tushida Hindistonni ko’rar.

Changal ham o’z joyida gurillar.

Manba : Ziyouz.com