8-mart xotin qizlar bayrami. Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.
8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.
Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol deganda ko`z o`ngimizda avvalo, ulug` va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o`rganadi.
Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.