Islom dini

Johiliya

Islom dini. Bu so’z arab tilida (jahula-bilmaslik) johillik, bilimsizlik, nodonlik ma`nosini beradi. Johiliya so’zi Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi. Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyyako’pxudolik hukm surib, ular yakkaxudolikdan bexabar edilar. Bundаn tаshqаri хаlq оrаsidа qizlаrni tiriklаyin ko’mish, mаyхo’rlik vа bоshqа ахlоqiy buzuqliklаr kеnu yoyiluаn bo’lib, islоm dini ulаruа chеk qo’ydi.

Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o’z ichiga olgan qismini qadimdan Hijoz deb atashgan. Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguniga qadar ko’pxudolik hukm surardi. Arablarning eng qadimgi dinlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizm va o’tmish avlodlarga sig’inishni kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalili sifatida ko’p arab qabilalarining nomini keltirish kifoya; asad (arslon), kalb (it), bakr (bo’taloq), sa`lab (tulki), zi`b (bo’ri) va h.k.

Arabistonda har xil xudolarning timsoli – sanamlar qachon paydo bo’lganligi haqida konkret tarixiy ma`lumotlar yo’q. Harqalay, but-sanamlarga sig’inish – dinning yangi bosqichi bo’ldi. Eramizdan avvalgi VIII asrdayoq har bir arab qabilasining o’z sanami bo’lgan. Ikki qabila urushidan so’ng, odatda, mag’lub qabila g’olib qabila sanamiga sig’ina boshlardi. Ba`zida g’olib qabila mag’lub qabilaning sanamini ham o’z sanami yoki sanamlari safiga qabul qilishi mumkin edi. Arabistonning turli erlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo’lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma`lum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangach, u erdagi Ka`ba sanamlarning panteoniga (to’plangan joyiga) aylanib qoldi. Islom dini arafasida arablar orasida butparastlik shunchalik avjida ediki, hatto har xonadonning o’z sanami bor edi, deyish mumkin. Safarga otlangan kishi bunday sanamni qo’li bilan ishqab, so’ng yo’lga tushardi, safardan qaytgach esa, birinchi navbatda u yana sanamini silab-siypardi. Islom dini.

Makka davri

Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Arabiston tarixida «fil voqeasi» nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topdilar. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha Payg’ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to’g’ri keladi. Otalari Abdulloh Muhammad s.a.v. tug’ilmaslaridan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasrib(Madina)da vafot etdilаr va o’sha erga dafn etiluаnlаr.