Munadarija
8-mart bayrami sherlar to’plami. 8-mart bayrami uchun sherlar to’plamini taqdim etdik. Ushbu 8-mart xotin qizlar bayrami munosabati bilan bayram uchun kerakli bo’lgan sherlar.
Onalar uchun tabrik.
Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo’lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
Og’lingiz ham bir ovqat qilsin.
Bir yilda bir yo’lim poylamang!
Yo’l poylagan ko’zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo’lsin.
Mexr beray bugun sizga ko’p,
Hech bo’lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unutung butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.
Ko’zingizda aslo yosh ko’rmay,
Bugun baxtdan bag’ringiz to’lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo’lsin.
MUALLIF: QODIR QAXXOR
Ayollar omon bo’lsin.
Dаngillаmа uylаr qurdirаdigаn,
Qаrsillаtib tõylаr qildirаdigаn
Erlаrining sоqоlini,
xаr kuni qirdirаdigаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Shirin qilаr оshingni,
Zаxаr qilаr оshingni.
Tergin deyа tоshingni.
Og’ritsа xаm bоshingni.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Aytgаnini qilsа xаm,
Ustimizdаn kulsа xаm.
Begоnа duxilаrni,
Yuz metrdаn bilsа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Tur desаng õtirsа xаm ,
õtir desаng tursа xаm.
Kun bõyi pаrdоz qilib
Sаlоnlаrdа yursа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Jаxldа shimаrsа yeng,
Nаq enаmni kõrdim deng.
Tоqаti tоg’lаrgа teng.
Bilаgi Alplаrgа teng.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Bоzоrlаrdа yugurgаn.
Sаndiqlаrni tõldirgаn
Xаmmа ishgа ulgurgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Qudа tаnlаb qidirgаn.
Suymаgаnni suydirgаn.
Muqоm qilib kuldirgаn.
Kelinini kõndirgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Tavsiya etamiz : 8-mart boshqa sherlar
Aziz Ayolar.
Bugun o‘zgacha sho‘x sayrar bulbullar.
Bayram shodligidan yayraydi dillar.
O‘zgacha zavq ela shodon ko‘ngillar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.
Yuzingizdan doim quvonch ketmasin.
Baxoriy kayfiyat hech tark etmasin.
G‘am-tashvish qalbingingiz chertib o‘tmasin.
Hamrohingiz bo‘lsin eng baxtli onlar.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.
Siz borki fayzlarga to‘ldi bu olam.
Siz ammam, siz onam, biringiz xolam.
Sizlarsiz o‘zingiz yurakda nolam.
Baxtimizga omon bo‘ling ayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Gohida bilmayin sizni ranjitib.
Dilingiz qo‘ysak gar bizlar og‘ritib.
Ming bor uzr ela hush kalom etib.
Unutaylik bugun, yomon hayollar.
Bayramingiz muborak aziz ayollar.
Mo’tabar ona.
Keling bugun dardingiz olay,
Bugun ishdan qo‘lingiz tinsin.
Mayli bugun ishga ham bormay,
O‘g‘lingiz ham bir ovqat qilsin.
Bir yilda bir yo‘lim poylamang!
Yo‘l poylagan ko‘zingiz tinsin.
Axir bugun bayram onajon,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Mexr beray bugun sizga ko‘p,
Hech bo‘lmasa shu kun yayrang siz.
Dardlaringiz unuting butkul,
Odamlardek yashang bugun siz.
Ko‘zingizda aslo yosh ko‘rmay,
Bugun baxtdan bag‘ringiz to‘lsin.
Ona sizga uzoq umr tilay,
Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Tavsiya etamiz : 8-mart bayram senariysi
Ayyomingiz muborak bo‘lsin
Shodlik baxt doimo hamroxingiz bo‘lsin,
Har bir kuningizga Olloh fayz bersin,
Bugungi ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Ko’p narsa kerak emas Ayol zotiga.
Ko‘p narsa kerakmas ayol zotiga.
Menimcha bir tomchi mexr bo‘lsa bas.
Nur bo‘lsa qorong‘u hayolotiga.
Menimcha boshqasi unga kerakmas.
Tilloga to‘ldirmang barmoqlarini.
Baxtli bo‘lish gumon boylikdan butkul.
Menimcha chog‘ etib dimog‘larini.
Tonglari yostig‘iga qo‘ying atirgul.
Sevgi izxorlari hush yoqar biroq.
Oddiy bir kalomdan boshlari osmon:
«Issiq kiyindingmi ko‘cha sovuqroq.
Sen menga salomat keraksan ishon!»
Mayli qozoniga go‘sht tushmas har kun.
Libos o‘zgarmasin bir yilda bir bor.
Yelkangiz qizg‘anmang suyanish uchun.
Turmushni mushtlari berganda ozor.
Ishoning ko‘p narsa kerakmas unga.
Unutmang shishadan yasalgan ko‘ngil.
Bazida bir kulib qarashingizga.
Jonini bermasa mana men kafil.
Kimgadir kerakman deya yashasin.
Asrang qadrsizlik qiynoqlaridan.
Savob yozilarmish har bo‘sa uchun.
Sizni duo qilgan dudoqlaridan!
Tavsiya etamiz : Ayollar bayrami sherlar
Aziz ayollar
Porlab turar yuzlari.
Surar shirin hayollar.
Bayramingiz muborak.
Bugun aziz ayollar.
Mehr degan bir ajib.
His tuyg‘uning bulog‘i.
Sizlar borki o‘chmaydi.
Xonadonlar chirog‘i.
Dardingiz ichga yutib.
Doyim kulib turasiz.
Mehri daryo chiroyli.
Farishtalar bo‘lasiz.
Mayda o‘rilgan sochlari.
Go‘zal shirin so‘zlari.
Barchangizni qutlayman.
O‘zbegimning qizlari.
Go‘zallikning timsoli.
Osmonda oy misoli.
Oshiq etar o‘ziga.
Guldan go‘zal visoli.
Sho‘xligimiz ko‘targan.
Azizim jonajonlar.
Bahtimizga sog‘ bo‘ling.
Mehribon onajonlar.
Qo‘llarimda gul dasta.
Ketyapman qoshingizga.
Shukr deyman Hudoga.
Yonimda boringizga.
Bayraming bilan.
Onamga o‘xshaydi ko‘zlaring sani.
Osmonimdagi yolg‘iz yulduzim.
Oppog‘im, chiroyim, shirinim mani.
Bayraming bilan qizim.
Opam.
Onamdek mehribon munisa opam.
Yoshligim eslayman sizni har ko‘rsam.
Sizdek vafodormas, menga soyam ham.
Muborak bo‘lsin sizga ham bayram.
8-mart bayrami sherlar to’plami sizga manzur keldi degan umiddamiz.