Alisher Navoiy g’azallari va sherlari

Buyuk shoir Mir Alisher Navoiy g’azallari va sherlarini taqdim etamiz. Ushbu sherlar va g’azallardan foydalaning.

Alisher Navoiy (1441-1501) – buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher.

Bahor haqida g’azal

Bahorni netayin, o‘t meniig bahorimg‘a
Ki, tushmagay nazarim sarvi gul’uzorimg‘a

Yuzi o‘tig‘aki ter shabnami qo‘yar yuz xol,
Xazondin o‘lmasun ofat bu lolazorimg‘a.

Munojot

Munojot

Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza–lahza chiqtim-u chektim yo’lida intizor,
Keldi jon o’g’zimg’a-yu ul sho’xi badxo’ kelmadi.

Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.

Ul parvarash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.

Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’yida qadam,
Yo’lgakim, avval qadam ma’shuqa o’tru qilmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.

Tavsiya etamiz : Alisher Navoiy Biografiyasi

Tun oqshom bo’ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim.

Tun oqshom bo’ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim, Bu anduh o’tidin har dam kuyar parvonadek jonim.
Ne g’am, ko’rguzsa ko’ksum porasin choki giribonim, Ko’rinmas bo’lsa ko’ksum yorasidin dog’i pinhonim.
G’amidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek, Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g’altonim.
Falak ham to’ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin, Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o’lgum, vah, Menga bo’lsang ne Xizri rah, yetib, ey, obi hayvonim.
Dema ko’ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish, Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg’onim.
Quyosh qochib – yuzin uydi, shafaq o’tqa tushub – kuydi, Falakka dog’lar qo’ydi g’amingdin so’zi pinhonim.
Navoiy kibi hijrondin bu oqshom o’ldum afg’ondin, G’amim yo’q bo’yla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

Alisher Navoiy G’azallari

Junun vodisig’a moyil ko’rarman joni zorimni, Tilarman bir yo’li buzmak buzulg’on ro’zgorimni
Falak bedodidan garchi manim xoki g’ubor o’ldum, Tilarman, topmag’aylar to’tiyolikka g’uborimni.
Demang, qay sori azm etding, menga yo’q ixtiyor, oxir Qazo ilkiga bermishman inoni ixtiyorimni.
Tugandi ashki gulgun, emdi qolmish za’faroni yuz, Falak zulmi badal qildi xazon birla bahorimni.
Diyorim ahli birla yordin boshimg’a yuz mehnat, Ne tong, boshim olib ketsam qo’yub yoru diyorimni.
Yomon holimg’a bag’ri og’rig’ay har kimsakim ko’rgay, Bag’ir pargolasidan qong’a bulg’ong’on uzorimni.
Hayotim bodasidin sargaronman asru, ey soqiy, Qadahqa zahr qotil quy,dog’i daf’ et xumorimni.
Jahon tarkini qilmay chunki tinmoq mumkin ermastur, Navoiy, qil meni ozod o’rtab yo’qu borimni.
***

La’ling, ayo, ne ajab rangindur,
So’zi aning ne balo shirindur.

Ham qoshing taqvovu toatqa balo,
Ham ko’zung ofati aqlu dindur.

Hulla ichra badaningkim ko’rinur,
Go’yo gulbarg aro nasrindur.

Qatlu tirguzmak erur oyining,
Olloh- Olloh, sanga ne oyindur?!

Soqiyo, hajrida tutqil manga may—
Kim, bu sudin o’tuma taskindur.

Mayu vasl ahliki bu davr ichra,
Bizga xunobi jigar ta’yindur.

Hajring ayyomi Navoiy tinmas,
Bir ko’runub anga ko’nglin tindur.

Tavsiya etamiz : A.Navoiy haqida sherlar

Ey Ko’ngil g’azali

Ey ko‘ngul, yer-ko‘k asosin asru bebunyod bil,
Ul kesakni suda ko‘r, bu safhani barbod bil.
Jism uyi chunkim erur foniy, tafovut yo‘q ani
Gar fano saylobidin vayronu gar obod bil.

Istangiz g’azali

Istaganlar, bizni sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti fanoda istangiz.
Vomiqu, Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo‘lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

G’azal

Bizing shaydo ko’ngul bechora bo’lmish,
Malomat dashtida ovora bo’lmish.

Anga baskim, yog’ar tosh ustida tosh,
Tanida yora uzra yora bo’lmish.

Urarda dam-badam xorog’a boshin,
So’ngaklar anda pora-pora bo’lmish.

Balo tog’i aro yotqanda bemor
Xazu sinjobi xoru xora bo’lmish.

Qaro qildi nechukkim ro’zg’orim,
Oning ham xonumoni qora bo’lmish.

Qadah xurshidi qonikim, g’amidin
Sirishkim kavkabi sayyora bo’lmish.

Navoiy, choradin ko’p dema so’zkim,
G’amingg’a chorasizlik chora bo’lmish.

Tavsiya etamiz : Navoiy haqida hikmatlar

Lolalar g’azali

Furqatingdin za’faron uzra to‘karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag‘rimdin erur pargolalar.
Dur tishingdin donayi sabrim qolur bebar, desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.

Ne Ajab g’azali

Ne ajab, har yon meni majnun boshida yoralar,
Baski, yog‘di ustiga atfol elidin xoralar.
Orazing atrofida guldur ko‘rungan, ey pariy,
Yo qamar davrida saf tortibdurur sayyoralar.

Tavsiya etamiz : A.Navoiy haqida sherlar

Ochmagay erding g’azali

Ochmag‘ay erding jamoli olamoro koshki,
Solmag‘ay erding bo‘ri olamda g‘avg‘o koshki.
Chun jamoling jilvasi olamg‘a soldi rustaxez,
Qilmag‘ay erdi ko‘zum ani tomosho koshki.

Tavsiya etamiz : Alisher Navoiy haqida sherlar