Alisher Navoiy haqida sherlar

G’azal mulkining sultoni deb ulug’ nom olgan Alisher Navoiy haqida sherlar ushbu maqoladan joy olgan. Alisher Navoiy haqida sherlar to’plami.

Alisher Navoiy haqida sherlar

Qaro ko’zum, kelu mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zum qarosida mardum kibi vatan qilg’il.

Yuzung guliga ko’ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.

Takovaringg’a bag’ir qonidin hino bog’la,
Itingg’a g’amzada jon rishtasin rasan qilg’il.

Firoq tog’ida topilsa tufrog’im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog’da ko’hkan qilg’il.

Yuzung visolig’a yetsun desang ko’ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog’ chin ila shikan qilg’il.

Xazon sipohiga, ey bog’bon, emas mone’
Bu bog’ tomida gar ignadin tikan qilg’il.

Yuzida terni ko’rub o’lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg’il.

Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog’lig’ o’qin sham’i anjuman qilg’il.

Navoiy buyuk siymo

Navoiy buyuk siymo

Tun bilan tong erur tashbehda udum,
Misoli zahru may, hajru shakar lab.
Kimnidir quyoshday eslasa mardum,
Kimnidir zulmatday yurarlar qarg’ab.

Nido tingla, bu kun, yurting tarafdan,
Ey, yiroq Hirotda maskan topgan er!
Ogoh bo’l, Alisher, sen ushbu gapdan:
Har ikki nabirang — biri Alisher.

Baytingga bir bora qovushgan har lab,
Takrorlab ketgusi mahshargacha to.
Qaratib turibsan bu yon, ne ajab,
Milliard martabali jahonni hatto.

Birovlar nazdida johil Osiyo,
Faqat zavol ko’rib, ko’rmagan kamol.
Muso iltijosi yetdi-yu go’yo,
Haq Tur tog’i uzra ko’rgazdi jamol.

Jahon mehrobida paydo Alisher…
Shodmon qasida ayt sen ham, ey quyosh!
Besh yuz yil, unga ham nima gap axir,
Mingga qadam qo’ydi yigirma besh yosh.

Tavsiya etamiz : Alisher Navoiy g’azallari

Alisher

G’afur G’ulom sheri.

Hirot tongotarin tasavvur kilib,
Yigitlik umringning kamolin ko’rdim:
Qarigan chog’laring qaro shomida,
Xuroson o’lkasin zavolin ko’rdim.

Zavolni bilmagan porloq ijoding,
Ma’rifat mulkida bitmas xazina!
Insoniy kamolot katta yo’lida,
Bir poya yuksakroq oltindan zina.

O’tmishdan besh yuz yil tarixchi uchun,
Sinchiklab qarasa — kuni kechadek.
Yashovchan kishiga endigi ming yil,
Ertaga qo’liga kirgan o’ljadek.

Besh yuz yil hurmating saqlagan o’zbek,
Kecha tug’ilding, deb qiladi faraz,
Yetuk kishilarni yana ming yillar,
Xalq farzand ataydi, jondan — beg’araz.

O’zbek deb atalgan ozod ulusning,
Otaxon shoiri, qadrli ustod.
Oshiqlar g’azaling kuyga solganda,
Ma’shuqlar dilining xonasi obod.

Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan,
Kattadir, kichikdir, bizda kishi yo’q.
Oltin baldoqdagi nifrit ko’z kabi,
Asaring biz uchun bo’ldi qorachiq.

Ulug’vor xalqimiz tarixda mashhur,
Guvohlik berolur bunga Gerodot.
O’zbekni, tojikni qabila atab,
Biror lord qilolmas o’tmishni unut.

Sharqimiz chumoli uya emasdir,
Birin birovidan tanib bo’lmasa,
Sho’rlik boyvachchalar, toleingiz sho’r,
Afsuski, tarixdan tonib bo’lmasa!

Ne-ne tarixlarni boshdan o’tkazib,
Talay jafolarni tortgan eski Sharq —
Ne-ne daholarni tarbiyat qilib,
Oftobday jahonni nurga qildi g’arq.

Alisher Mushtariy yulduzi kabi
O’zbek osmonida bolqigan chog’i,
Yana bir muhtaram o’g’il ko’rganday,
Kattaroq ochildi olam quchog’i.

Elektr barchaning uyin yoritur,
Va tuz totimida milliy farq yo’q.
Ma’rifat insonning sherik xislati,
Vatani fazodir bo’shalarkan o’q.

Tirik Farhodlarni tanimak bo’lib,
Oliy yurtimizga qilsangiz safar,
Bu yerda har bitta taroshlangan tosh,
Yuksak umidlardan beradi xabar.

Tavsiya etamiz : Navoiy tarjimai holi

O’n sakkiz yosh hayratlari.

O'n sakkiz yosh hayratlari.

O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.

O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.

Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

Alisher Navoiy

Mubtalo bo’ldim sanga.

Ko’rgali husnungni zoru mubtalo bo’ldum sanga,
Ne balolig’ kun edikim, oshno bo’ldum sanga.

Har necha dedimki kun-kundin uzay sendin ko’ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo’ldum sanga.

Men qachon dedim: “Vafo qilg’il manga” zulm aylading,
Sen qachon deding: “Fido bo’lg’il manga” bo’ldim sanga.

Qay pari paykarga dersen telba bo’ldung bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang qil manga, bo’ldum sanga.

Ey ko’ngul, tarki nasihat aylading ovora bo’l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo’ldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo’ldum sanga.

G’ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo bo’ldum sanga.

Alisher Navoiy

Tavsiya etamiz : Navoiy tarjimai holi

Navoiy bobom

Navoiydan so’z ochsam agar

Toki yangrar hayot qo’shig’i,
Ochiladi orzu eshigi,
Tebranadi xalqim beshigi,
Navoiydan so’z ochsam agar.

Jahon umriga teng Navoiy umri,
She’riyat ahlining bayroqdori ul,
G’azal olamida nidosi amri,
Qo’shig’i kuy bo’lib yangragay mangu.

Kelajakka qo’yib poydevor,
Tarix so’zlar ko’zgusiga bo’y,
Nazm oqar azim shiddatkor,
Og’ushiga tortib ketar oy.

Bag’ishlov

Navoiy — Mirtemir

Ko’z oldimda nuroniy siymo,
U zabardast qalamkash inson.
Daftarimga qiladi imo,
G’azalimni o’qidim hayron.

— Balli, — dedi, — andak havas bor.
Hikmat degan g’azalga husn,
Chidam darkor, vazminlik darkor,
Kuylagani erlar tuyg’usin.

Umring yorug’, Vataning ujmox,
Mendan so’ra, men yonib o’tdim.
Anglamadi zamona, evoh,
Besh asrkim, shu kunni kutdim.

Beshigim u qadimiy qal’a,
Balki og’am u Bahrom sardor,
Balki onam nozanin Laylo,
Balki singlim Shirin nolakor.

Balki yurtim u zangin dara,
Balki do’stim Farhod pahlavon.
Ammo, asring baland yuz karra,
Har poyada bir ulug’ doston.

Navoiy qudrati haqida she’r

Qudratingdan yaraldi olam,
Yetti kunda yo‘qdan qilding bor.
Darig‘ tutma mehringni mendan,
So‘zsiz qoldim. Tangrim, so‘z yubor.

So‘z yo‘q. Garchi tug‘yonlarimdan,
Barcha yo‘qlik tushar larzaga.
Bir so‘z bergil — men yarataman,
Bu olamni yetti lahzada.

Tavsiya etamiz : Alisher Navoiy g’azallari

Alisherning Onasi.

Bilmam, qanday ayol bo‘lgan
Alisherning onasi.
Balki uning aqliga ham
Lol bo‘lgan zamonasi.

Balki uning ko‘zlarida
Bo‘lgan og‘ir bir xayol.
Balki g‘amgin bir zotdir u,
Balki sho‘xchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar.

Mayliga, u kim bo‘lmasin,
Yolg‘iz bir so‘z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.

Alisher Navoiy

U havoga qorishdi—mutloq
Va tuproqday singidi yerga.
Hayot otliq jonu jahoni
Olam-olam ortildi she’rda.

Ruhi qanday pokiza—ma’sum,
Bahor kabi dilafgor, mayin.
O’z-o’zingdan poklanasan Sen
Uning uchun yig’lagan sayin.

Bilki,
Mazmun—ko’ngling to’lgan payt—
Shuuringda jonlansa hayot.
Osmonda—ruh, Yerda—vujuding…
Havoda-chi…suzsa dil — bayot.

Chorlasam deb: «Qaydasan Farhod?»
«Men borman», – der Yosuman kampir;
Qizil gulning o’rnida, hayhot,
Chayqaladi bir tup qalampir:
Netay, Hirot olisdir bugun,
Olisdadir Navoiy bobo, –
Hududlarga qoqilib nigun,
Tarix yig’lar asrlar aro…

Tavsiya etamiz : Alisher Navoiy g’azallari